Pskov viloyati

Pskov viloyati – RF tarkibi- dagi viloyat. 1944 y. 23 avg.da tashkil etilgan. Shim.-G’arbiy federal okrugiga kiradi. Rossii Evropa qismining shim.- g’arbida joylashgan. Mayd. 55,3 ming km2. Aholisi 760,9 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, Belo- rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 66,1%. Markazi — Pskov sh. Boshqa yirik shaharlari — Velikie Luki, Ostrov. P.t. tarkibida 24 ma’mu- riy tuman, 14 sha-har, 14 shaharcha bor. Viloyat hududining asosiy qismi tekislik. Lug (shim.-g’arbda), sudom (sharkda), Bejanis (Jan.-g’arbda, bal. 338 m gacha) qirlari mavjud. Ohaktosh, do- lomit, mergel, gips, turli gillar va b. konlari, torf katlamlari bor. Iqlimi mo»tadil kontinental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -7°, iyulniki 17°. Yiliga 650 mm yog’in tushadi. Vegetasiya davri 120-130 kun. Yirik daryolari: Velikaya va uning irmoklari: Sorot, Cherexa, Pskova, Issa va b. Yirik ko’llari: Pskov, Chud; 1,5 mingdan ziyod mayda ko’l bor. P.v. Janubiy tayga va aralash o’rmonlar zo- nasida joylashgan. Tuproklari, asosan, podzol va botqoq, Daryo vodiylarida al- lyuvial-o’tloqi tuproq, o’rmonlar VI- loyat hududining 25% ga yaqinini egal- laydi. Los, qobon, oq tovushqon, tulki, o’rmon suvsari yashaydi. Qushlar, Daryo va havzalarda leshch, sudak, cho’rtan, sig, na- lim kabi baliq ko’p. Sebej milliy bog’i mavjud. Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, asosan, elektrotexnika (Rossiyada ishlab chiqariladigan kichik quvvatdagi elektrodvigatellarning 1/3 kismi, hamda payvandlash as-boblari, avtomobillar uchun elektrotexnika usku- nalari, uy-ro’zg’or elektr asboblari, elektr kabel, avtomat telefon styala- ri, radiodetallar), engil (zig’ir tola- si, tikuvchilik, trikotaj), oziq-ovqat, yog’ochsozlik sanoati korxonalari. Eng yirik korxonalari: «Pleskova» (radio- detallar), «Pskovelektromash», «Elvo» (yuqori voltli apparatura); «Teso» (payvandlash uskunalari), «Avar» (AV- toelektr-armatura), Velikie Luki lo- komotiv ta’mirlash z-Di, mexanika uzatmalari (tishli g’ildirak, reduktor) z-dlari, «impuls» (ishkrrli akkumulya- torlar), Pskov zig’ir k-ti, Velikie Lu- kida trikotaj f-kasi, Dedovich issiklik elektr styasi. Bosh sanoat Mar-kazlari — Pskov, Velikie Luki, Ostrov, Nevel sh.lari. Q.x.da zig’irchilik, kartoshka- chilik, sabzavotchilik, sut chorvachiligi va cho’chqachilik rivojlangan. Suli, em- xashak ekinlari ekiladi. T.y. uz. 1092 km, qattiq qoplamali avtomobil yo’llar uz. 9943 km. Chud va Pskov ko’llarida hamda Velikaya da-ryosining quyi oqimida kema qatnaydi. Pskovda xalqaro Aero- port bor. 2 oliy o’quv yurti, 10 muzey, 2 teatr va filarmoniya ishlab turibdi. Xilovo balneobalchiq kurorti, Izbor tabiiy-me’moriy qo’riqxonasi, Pushkin qo’riqxonasi mavjud.