Psoriaz

Psoriaz (Yun. psoriasis — qichima), qipiqli temiratki — yuqmaydigan Su- runkali teri kasalligi. Mod-dalar almashinuvi (xususan, yog’va uglevod al- mashinuvi), nerv va endokrin sistema faoliyatining buzilishi, tonzillit, gaymorit, xolesistit, adnek-Sit va b. oqibatida kelib chiqishi, «suyak surishi» mumkin. Ko’pincha boshning sochli qismi, tizza, tirsak va qo’l-oyoq yuzasida paydo bo’ladi. Dastlab terida mayda, pushti yoki qizg’ish tugunchalar hosil bo’lib, ular- ning usti qipiqlanuvchi oqish, kumush rang po’stloqb-n qoplanadi. Tuguncha- lar asta-sekin kattalashib, bir-biriga qo’shilib ketadi. Kasallik zo’rayganda P. toshmalari badanni butunlay egallab oladi (psoriatik eritrodermiya); bunda bemor o’zini yomon his qiladi, isitma- laydi, limfa tugunlari kattalashadi. P.ning ba’zi turida tirnoq, bo’g’imlar ham zararlanib, shakli o’zgaradi, qarakat qilganda qattiq og’riydi, tirnoq yuza- si qalinlashib, xira tortadi (qushlar tirnog’iga o’xshab qoladi). Kasallik, odatda, kuz va qish oylarida qo’zg’ab, yozda bir oz engillashadi (remissiya). Asabiy- ruhiy shikastlar, spirtli ichimliklar ichish, quvvatsizlanish, parhez buzili- shi natijasida P. toshmalari qaytadan paydo bo’ladi. Teri kasalligiga xos belgilar ko’zga tashlanganda, albatta, vrachga uchrashish va uning ko’rsatmasi bo’yicha davolanish lozim. Maxsus davo tadbirlaridan tashqari, sut-o’simlik mahsulotlaridan tayyorlangan parhez ta- omlar, xususan, to’la bemorlarga tvorog, o’simlik moyi, vitaminga (A, V, S) boy ovqatlar tavsiya etiladi. P.ning xili va kechish davrlariga qarab vrach buyurganda iqlim b-n davolanish yaxshi naf beradi.