Puanson

Puanson (Fransuzcha poincon) — 1) shtamp va boshqa qurilmalarning asosiy qismi; metallarni shtamplash va presslash uchun mo’ljallangan. Shtamplashda Puanson ishlov berilayotgan metallarga bevosita bosim bilan ta’sir qiladi. Presslashda zagotovkaga Puanson press-shayba orqali bosim beradi. Puanson juda qattiq po’latlardan tayyorlanadi; 2) matbaada — harf, belga va b.ning bo’rtma tasviri tushirilgan, kesimi to’g’ri to’rtburchakli taxtacha (brusok); matrisada chuqur tasvir hosil qilishda ishlatiladi; 3) geografiya xaritalaridagi shartli belgilar (doiracha, kvadratcha va boshqalar); 4) material qattiqligini aniqlashda sinaladigan materialga bevosita ta’sir qiladigan detal (asbob, stanok detali va boshqalar).