Puchchini (Puccini) Jakomo

Puchchini (Puccini) Jakomo (1858.22.12, Lukka, Florentsiya — 1924.29.11, Bryussel, Milanda dafn etilgan) — kompozitor, italyan mumtoz operasining so’nggi vakili. Yuyoshidan cherkovda organchi bo’lgan, pianinochi sifatida kontsertlarga qatnashgan. Mi- lan konservatoriyasini tugatgan (1883). Jami 12 opera, shuningdek, simfonik, xor, kamer, diniy asarlar yaratgan. Du- nyoga mashhur «Manon Les-ko» (1892), «Bogema» (1895), «Toska» (1899), «Ba- terflyay xonim» («Chiochiosan», 1903) operalari lirik kuylanishi go’zalligi va ehtirosligi b-n tinglovchini zabt etadi. P.J. Verdi an’analarini ri- vojlantirib zamona-viy operada etakchi o’rin egallagan, o’ziga xos, o’zgarishlarga boy ariozo-rechitativli uslub yaratgan. P.ning estetik karashlari verizm (ita- Lyan san’atidagi realistik yo’nalish) ta’sirida shakllandi. U oddiy inson- lar hayotini o’tkir dramatik holatlarda, ehtiroslar to’qnashuvida haqqoniy ifo- dalashga intildi.