PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI
PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI – puflama (yog’och, mis yoki faqat mis — ban- da) va urma cholg’ulardan iborat orkestr. Evropada 17-a.da shakl topgan. Turli (jumladan, ochiq havo, yurish) sharoit- larga moslanganligi tufayli ko’pgina mamlakatlar armiyalari tarkibiga kir- gan. Ijrochilar soniga qarab kichik (20), o’rta (30) va katta (40-55, ba’zan 80-100 sozandadan iborat) P.s.o.lari ajratiladi. Katta P.s.o. fleyta, goboy, klarnet, saksofon va Fagot turlari, shu- ningdek, valtorna, truba, kornet, trom- bon, Alt, tenor, bariton, baslar va turli urma cholg’ulardan tashkil topgan. O’zbekistonda dastlab rus chor qo’shinlari tarkibida, keyinchalik (1910-y.larda) Marg’ilon, Andijon, Samarqand, Toshkent va b. shaharlarda havaskor (jumladan, milliy) sozan-da- lardan iborat P.s.o. paydo bo’lgan. 1920- y.lardan O’zbekiston Qurolli kuchlari, shuningdek, madaniyat saroylari, o’quv muassasalari tarkibida keng rivoj top- gan.