Pul belgilari

Pul belgilari — pulning ko’rinish shakli, muomalada qatnashadigan pulning turlari. Pulga xos umumiy belgilar: qiymat miqdorini kursatuvchi raqamlar, davlat gerbi, individual seriya va uning soni, maxsus rasm, chizmalar, naqshlar; xususiy belgilar: qog’oz tarkibi, hajmi, eni va buyi, boshka pullardan farqlanadigan va takrorlanmaydigan belgilardan iborat. O’zbekistonda qog’oz belgilar va mayda tangalar shaklida chiqariladi. Pul belgilari nominallari naqd hisob-kitoblarni, to’lovlarni oqilona tashkil etishga imkoniyat beradigan darajada belgilanadi. Inflyatsiya yuz berayotgan vaziyatlarda Pul belgilari yirik nominalda chiqariladi.