Pul muomalasi

Pul muomalasi — pulning bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar, sotib olingan tovarlar haqini to’lash, hisob-kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish, nafaqalar berish, qarzlarni qaytarish vositasi sifatida foydalanish jarayonidagi uzluksiz harakati. Pul muomalasi har bir mamlakat pul tizimi miqyosida amalga oshadi. Pul muomalasi naqd va naqd bo’lmagan muomalaga bo’linadi. Naqd pul bankdan chiqqach, korxona, tashkilotlar kassasiga va aholi qo’liga o’tadi. Oldi-sotdi vato’lov harakatlari bajarilgach, yana bankka kaytadi. Naqd bo’lmagan pul muomalasiga firma, korxona, tashkilotlarning bankdagi hisobida turgan pulning harakati kiradi va bunday muomala chek, kredit kartochkasi, veksel, obligatsiya, sertifikat va boshqa vositalar xarakati shaklida olib boriladi.