PUL SHAKLIDAGI IJTIMOIY YORDAM NAFAQASI

PUL SHAKLIDAGI IJTIMOIY YORDAM NAFAQASI – uy xo’jaliklariga davlat birliklari va notijorat tashkilotlar tomonidan naqd pul shaklida beriladigan joriy transfertlar. Bu nafaqa ijtimoiy sug’urta nafaqasi qanday maqsadni ko’zda tutsa, o’sha maqsadni ko’zda tutadi. Lekin pul shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqasi ijtimoiy sug’urta dasturi hisobidan berilmaydi.