Pulemyot
Pulemyot (rus. pulya — o’q va me- tat — otish) — dushmanning er, havo va suvdagi nishonlarini shikastlash uchun ishlatiladigan tezotar avtomatik qurol. Tuzilishi va vazifasiga ko’ra: stanokli, ko’l, tank, Zenit, aviasiya va rota P.lari, stvolining diametri bo’yicha asosiy ka- librli (6,5 — 8,0 mm) va yirik kalibrli (12,7—15 mm) xillarga bo’linadi. Sta- nokli P. 2000— 2800 m gacha masofadan erdagi nishonlarni va 500 m gacha maso- fadan havodagi nishonlarni shikastlay- Di. Stanokli P. minutiga 250 — 700 o’q uzadi, og’irligi 40-41 kg. Bu P.dan ot- ishda ikki kishi ishtirok etadi. Zenit P.i havodagi nishonlarni (500 m gacha ma- sofada) otish uchun mo’ljallangan. Bu P. yirik kalibrli bo’lib, tank, bronetran- sportyor, kema va b. ga o’rnatiladi. Ni- shonni 1830-3500 m dan shikastlaydi. Tank P.i tankka o’rnatila-Di: dushmanga tank to’pi b-n birgalikda yoki alohida talafot etkazish uchun mo’ljallangan. Aviasiya P.i, odatda, samolyot va Verto- lyotlarga o’rnatila-Di; dushman samolyo- tini, parashyutchilarini hamda erdagi nishonlarni otish uchun qo’llaniladi. Qo’l P. dushmanning jonli kuchlari va o’t ochish vosi-talarini shikastlash uchun mo’ljallangan; 1500-1830 m gacha maso- fadagi nishonni aniquradi. Qo’l P.idan past uchuvchi samolyotlarga qarshi otishda xam foydalanish mumkin. Qo’l P.ining jangovar o’q uzish tezligi minutiga 150-600 o’q, og’irligi 10 — 16,25 kg. Uni bir kishi ishlata oladi. Rota P.i 1000 m gacha masofadagi ochiq gruppa-viy va yolg’iz nishonlarni shikastlash uchun qo’llaniladi. Jangovar otish tezligi minutiga 250 o’q. P.lar magazinli va lentali turlarga bo’linadi. P. b-n piyo- da askarlar, tank, aviasiya va b. harbiy bo’linmalar qurollantiriladi. Birinchi P.ni Amerika ixtirochisi X. S. Maksim 1883 y. ixtiro qilgan. Hozir ko’p mamla- katlarning qo’shinlarida rus ixtirochi- lari V. A. Degtarev va M. T. Kalashnikov P.laridan foydalaniladi.