Purkash

Purkash — q.x. ekinlari hamda o’rmonzorlarni zararkunanda, kasalli- klar va begona o’tlardan himoya qilishda maxsus purkagichlar b-n pestisid erit- malarini sepish, shuning-dek, Defolia- tsiya va desikasiya qilish usuli. P. uchun turli xil preparatlarning suv yoki boshqa erituvchilardagi emulsiya va suspenziya- laridan foydalaniladi. P. uchun olin- gan suyukliklar barqaror va yopishqoq bo’lishi, ishlov berilgan sathni bir tekisda ho’llab tarqalishi kerak. Suyuq preparatlarning yopishqokligi va satxda ushlanib turish darajasini oshirish uchun ularga har xil moylar (quriydigan gliseridlar, kaltsiy sulfati va b.) qo’shiladi. P. muddatlari zararkunanda va kasallik qo’zg’atuvchilarning biologik xususiyatlari hamda ob-havo sharoitiga qarab belgilanadi. P. changitishga nisba- tan bir qator afzalliklarga ega: ishlov berilgan satxda preparatning bir tekis- da taqsimlanishi va yopishib ushlanib tu- rishini ta’minlaydi; ob-havo sharoitla- riga kamroq bog’liq bo’ladi. Kuchli shamol paytida P. mumkin emas, preparat chetga uchib, muhitning ifloslanishiga sabab bo’ladi; havo harorati 27° dan yuqori bo’lganda P. o’simliklarni kuyishga olib keladi. Shuning uchun P.ni erta b-n yoki kechki salqinda o’tkazish tavsiya etiladi. Issiqiqlim sharoitida samolyotlar b-n kichik hajmli P.man qilinadi. Sulton Alimuhamedov.