Pusan

Pusan — Koreya Respublikasida- gi shahar, mamlakatning Jan.-Sharqiy qismida. Ma’muriy jihatdan Pro- Vin-tsiyaga tenglashtirilgan. Aholisi 3,8 mln. kishi (1996). Transport yo’llarining muhim tuguni. Mamlakat- ning Koreya bo’g’ozi sohilidagi yirik porti (yiliga 30 mln. t dan ortiq yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat markazi. To’qimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, elektrotexnika, kimyo va rezina, mashi- nasozlik (jumladan, kema va avtomobil dvigatellari i.ch.), harbiy, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Yirik issiklik elektr styasi va AES qurilgan. Baliq ovlanadi. P. milod boshlarida Kaya qishlog’i o’rnida vujudga kelgan. 15-a. da shahar dengiz bo’yi qal’asi sifatida Yaponiya-Koreya savdo aloqalarida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. 20-a.da P. yirik sanoat shahriga aylandi.