Pyotr I tizmasi

Pyotr I tizmasi — Tojikiston- dagi tog’tizmasi, Surxob va Obixin- gov daryolari oralig’ida. G’arbda Yafuch qishlog’idan boshlanib, Sharqda somo- niyon cho’qqisigacha 200 km ga cho’zilgan. Sharqda Darvoz va Fanlar akademiyasi tizmalari b-n tutashib, Garmo tog’tugu- nini hosil qiladi. Tizmaning baland- ligi g’arbda 5000 m dan sharkda 6000 m gacha (eng baland joyi 6785 m). Asosan, qumtosh va konglomeratlardan tarkib topgan. Qor chizig’i ham shu yo’nalishda 4000 m dan 4500 m gacha o’zgaradi. Shim. yon bag’rida 29 ta muzlik (umumiy mayd. 385 km2), Jan. yon bag’rida 16 muzlik (mayd. 123 km2) bor. Ulardan eng kat-talari Sag’ron, Gando muzliklari. Vaxsh daryosining asosiy irmoqlari Surxob va Obixingov daryolari shu muz- liklardan boshlanadi. 700-900 mm yog’in tushadi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -6°, -12°, iyulniki pastrokda 22°, tog’tepa- larida 10°.