Qadama, qadama naqsh
Qadama, qadama naqsh — amaliy bezak san’atida naqsh, bezak yaratish usuli. Yog’och, metall buyumlarda boshqa xom ashyolar (masalan, sadaf, suyak va boshqalar) dan qadab bezak hosil qilinadi. Shu usulda yaratilgan naqsh, bezak ham Qadama deb ataladi. Masalan, miskarlikda mis idishlar qimmatbaho tosh yoki ostiga rangli qog’oz qo’yilgan shisha bilan Qadama usulida bezatiladi.