Qadimgi ahd

Qadimgi ahd — Bibliyaning bir qismi. Iudaizmda ham, xristianlikda ham muqaddas yozuv deb e’tirof etiladi. Uning tarkibiga 39 ta kitob kiradi. Xristianlikda Qadimgi ahd nomi Bibliyaning qadimiy kitoblarini ifodalash uchun xristian cherkovi tomonidan qo’llangan. Qadimgi ahd miloddan avvalgi 9-asrdan miloddan avvalgi 2-asrning 60-yillari ichida vujudga kelgan. Qadimgi ahd asarlarining asosiy originali qadimiy yahudiy tilida, faqat ayrim parchalari oromiy tilida yozilgan. Miloddan avvalgi 2 asr davomida Qadimgi ahd yunon tiliga tarjima qilingan. Milodiy 4-asrning oxiri — 5-asr boshlarida lotin tiliga o’girilgan. Qadimgi ahdning dastlabki asosiy qismi Tavrotpir. Qadimgi ahdda qadimgi xalq rivoyatlari, turli afsonalar, solnoma, jangnomalar, she’r, shuningdek, duolar, turli diniy marosimlar bayoni va boshqalar ifoda etilgan.