Qahhor baxshi

Qahhor baxshi (taxallusi; asl nomi Abduqahhor qodir o’g’li Rahimov) (1958.2.11, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Chalka qishlog’i) — baxshi. Qrdir baxshining o’g’li. Qarshi davlat pedagogika institutining o’zbek Filologiya fakultetini tugatgan (1983). 1978 yildan Bobur nomidagi 1-o’rta maktabda o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi. Qahhor baxshi dostonchilikning butun sirasrorini qodir baxshidan o’rgangan. Otasidan 6 yoshidan do’mbira chertishni o’rgangan. 18 yoshida mustaqil dostonchi bo’lib yetishgan. Repertuarida «Alpomish» «Kuntug’mish», «Yodgor», «Yusuf va Zulayho», «Rustamxon», «Boloyim», «Oysuluv», «Balogardon», «Ollanazar», «Olchinbek», «Murodxon», «Sohibqiron», «Malika ayyor», «Nurali va Semurg'», «Chambil qamali», «Kelinoy», «yozi bilan Zebo» kabi 30 dan ortiq Doston hamda 100 ga yaqin termalar mavjud. Qahhor baxshi respublika baxshishoirlari bellashuvida 1 (1987) va 2 (1989) o’rinni egallagan.