Qalamjarsoy

Qalamjarsoy — Navoiy viloyatining sharqidagi soy. Suyaltosh tizmasining (Nurota tog’larining Janubiy tarmog’i) Janubiy yon bag’irlaridan, 1200 metr balandlikda boshlanadi. Boshlanishidan Sho’rcha qishlog’igacha Keskantol, undan keyin jush qishlog’igacha Kattasoy, undan quyiroqda Qalamjarsoy (Qalandarsoy, Selsoy) deb ataladi. Uzunligi 121 kilometr, havzasining maydoni 2610 km2. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi boshlanishidan 10 kilometrda 0,055 M1/sekund.