Qalay

Qalay — Mendeleev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 50, atom molekulasi 118,710. Tabiiy Qalay 10 ta izotopdan iborat: P25p (0,96%), p45p (0,66%), p55p (0,35%), P(,8p (14,30%), «78p (7,61%), ||85p (24,03%), «»5p (8,58%), |j5p (32,85%), sh5p (4,72%), |245p (5,94%). Oxirgi izotop kuchsiz radioaktiv (R nurlanuvchi, T,/2>1016-1017 yil). Qalay qadimdan ma’lum; uning mis bilan qotishmasi — bronza (tunj)dan odamlar miloddan qariyb 4 ming yil ilgari foydalana boshlaganlar. Qalay Yer po’stining massa jihatidan 8T0~3% ini tashkil etadi. Qalay tabiatda erkin holda deyarli uchramaydi. Uning 24 ta minerali ma’lum, shulardan muhimi qalaytosh — kassiterit 5p02 va Stannin Si2G’e5p54. Qalay — havoda asta-sekin xiralashadigan yaltiroq oq metall; zichligi 7,29 g/ sm3. 2 modifikasiyasi bor. 0 modifikatsiyasi (oq tusli) 13,2° dan yuqori temperaturada barqaror; u tetragonal shaklda kristallanadi. |3 Qalay sovutilsa, kub strukturali kulrang ssq (zichligi 5,75 g/sm3)ga aylanadi. Kulrang Qalay suyuqlantirilganida oq Qalay hosil bo’ladi. Qalayning suyuqlanish temperaturasi 231,9°, qaynash temperaturasi =2600°. Qalay boshqa metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Oddiy temperaturada havoda ham, kislorodda ham oksidlanmaydi; suv bilan reaktsiyaga kirishmaydi, kimyoviy jihatdan faol emas. Galogenlar bilan uchuvchan tetragalogenidlar (masalan, 5ps14) hosil qiladi. Kontsentrlangan xlorid kislotada qizdirilsa, 8pS12 hosil bo’ladi. Kontsentrlangan qaynoq sulfat kislotani 802 ga qadar qaytaradi. Suyultirilgan nitrat kislota bilan reaktsiyaga kirishganida ammiakka qadar, kontsentrlangan nitrat kislota ta’sirida 1\ Yu2 ga qadar qaytariladi. Qalay zar suvidya juda yaxshi eriydi. Amfoter xossaga ega bo’lganligi uchun kuchli ishqorlarda erib stanninlarga; ishqorda oksidlovchilar ishtirokida eritilsa, kislota tuzlariga aylanadi. Qalay o’z birikmalarida 2 va 4 valentli. 2 valentli Qalay birikmalari tez oksidlanishi sababli qaytaruvchilar sifatida ishlatiladi. Qalay birikmalaridan 8po — qora tusli, 8p5 — to’q jigarrang ( 8p8, — sariq tusli; qalay sulfidla- ri); qolgan birikmalari deyarli rangsiz. Qalay kislotalarda ham, ishqorlarda ham eriganida vodorod ajralib chiqadi. Qalay rudalarida volfram, titan, lantanoidlar va boshqalar nodir metallarning qo’shilmasi bo’ladi. Bu rudalarni turli usullar bilan boyitib, tarkibida 50-70% Qalay bo’lgan kontsentrat hosil qilinadi. Kontsentratda bo’lgan A$ va 5 ni yo’qotish uchun 600-700° da kuydiriladi. Temir, vismut, surma va boshqalar qo’shilmalardan tozalash uchun kontsentratga kontsentrlangan NS1 eritmasi qo’shib ishlanganidan keyin, qoddiq ko’mir bilan maxsus pechlarda eritiladi; tarkibida Qalay bor toshqollar qayta ishlanib, xomaki Qalay olinadi (uning tarkibida 94-98% Qalay bo’ladi). Qalayni tozalashda 502, so, A$203, A$N3 kabi zaharli moddalar ajralib chiqishi sababli mehnat gigienasi qoidalariga rioya qilish lozim. Ishlab chiqarilgan Qalayning 50% ga yaqini ikkilamchi metallardir. U oq tunuka chiqindilari, temirtersak va turli qotishmalardan olinadi. Qalayning 40% ga yaqini konserva sanoati uchun oq tunuka tayyorlashga sarflanadi, qolgan qismi esa kavsharlar, podshipnik va bosmaxona qotishmalari tayyorlashga ketadi. Ad.: Bolshakov K.A., Fedorov P.I., Ximiya i texnologiya malnx metallov, M, 1984; Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.A., Anorganik kimyo, T., 2003. Zikrilla Isaboyev.