Qalay xloridlari
Qalay xloridlari, qalay Dixlorid, 8pS12 — oq rangli kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 246°, qaynash temperaturasi 652°, zichligi 3,95 g/sm3. Suv, etanol va boshqalar organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Eritmasi kuchli qaytaruvchi. 8pS12 ga xlor ta’sir ettirilsa, 8pS14 gacha, kislorod ta’sir ettirilsa, oksoxlorgacha oksidlanadi. Ammiak bilan 8ps12ptch1n3 (p=1, 4,9) tarkibli ammiakatlar, metall xloridlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Qalayga xlor, xlorid kislota va boshqalar metallarning xloridlarini ta’sir ettirib olinadi. Epoksidlarning polimerlanishida katalizator, organik sintezda qaytaruvchi, gazmollarni bo’yashda, shisha va plastmassalar sirtining adgeziyasini (metall yugurtirishdan avval) oshirishda, kavsharlashda flyus komponenti sifatida qo’llanadi. Qalay tetraxlorid, 8pS14 — havoda tutaydigan tiniq suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi -33°, qaynash temperaturasi 114°, zichligi 2,23 g/sm3. Suv bilan yaxshi aralashadi, bunda eritmaning hajmi 2 komponent hajmi yig’indisidan sezilarli darajada kamroq bo’ladi. Qalay metali yosi 8pS12 ga xlor ta’sir etishidan hosil bo’ladi. Texnikada oq tunuka qoldiqlariga xlor ta’sir ettirib olinadi. Qalay va qalay organik birikmalar, polimerlanish katalizatori ishlab chiqarishda, gazlamalarni bo’yashda, yorug’lik nurini sezgir qog’oz ishlab chiqarishda qo’llanadi.