Qamashi

Qamashi — Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1978 yildan). Qamashi tumani markazi (1974 yil 23 dekabrgacha Qamashi qishlog’i). Temir yo’l stantsiyasi. Qamashidan Qarshi shahrigacha 63 kilometr. Mahalliy ma’lumotlar bo’yicha Qamashi nomi o’zbek-qo’ng’irot urug’ining qamaychi tarmog’i nomidan olingan. Aholisi 34 ming kishi (2005). Qamashida paxta tozalash zavodi, ko’rpa paxta fabrikasi, qurilish materiallari kombinati va boshqalar qurilish tashkilotlari, MTP, 2 Avtokorxona, «mikron» firmasi (makaron ishlab chiqaradi), terini qayta ishlash korxonasi, momiq fabrikasi, ishlab turibdi. Kichik, o’rta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat ko’rsatadi. Qo’shma korxonalar mavjud. 2 litsey, 32 kasb-hunar kolleji, 5 umumiy ta’lim maktabi, bolalar musiqa va sport maktablari, tuman Markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uyi bor. Tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, tug’ruqxona, dorixonalar va tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko’rsatadi. Qamashidan viloyat markazi (qarshi shahri) gacha avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.