QAMISHLIBOSH, Qamislibas

QAMISHLIBOSH, Qamislibas — Qozog’iston Respublikasining Qizilo’rda viloyatidagi ko’l. Maydoni 176 km2. Sirdaryo deltasining shimoliy qismida joylashgan. Sirdaryoda suv ko’paygan vaqtlarda uning suvi Qamishliboshga oqib boradi. Maydoni va sho’rligi o’zgarib turadi. Sazan, leshch va vobla baliqlari ovlanadi.