Qarluq

Qarluq — Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Sho’rchi raz’yezdi (23 kilometr). Qarluqdan Termizgacha 140 kilometr. Aholisi 10 ming kishidan ziyod (2003). Aholisi va xo’jaliklari Oltinsoy daryosidan suv oladi. Qarluqda «sharob» aktsiyadorlik jamiyati, qo’shma, kichik korxonalar, Oltinsoy meva quritish zavodi, avtokorxona, paxta tozalash, g’isht zavodlari, MTP, sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari faoliyat ko’rsatadi. Umumiy ta’lim, musiqa maktablari, kasb-hunar kolleji, madaniyat uylari va klub muassasalari, Markaziy kutubxona bor. Ashula va raqs dastasi, qo’g’irchoq teatri faoliyat ko’rsatadi. Stadion, sport zallari, futbol, voleybol, qo’l to’pi maydonlari mavjud. Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tumanlararo travmatologiya va ortopediya markazi ishlab turibdi.