Qarorgoh

Qarorgoh — 1) tosh va jez davrlarida yashagan odamlarning turar joyi. Manzilgoh, mavze, makondan farq qiladi; 2) harbiy boshliq (sarkarda) ning jang paytidagi safar chodirining nomi; 3) vaqtincha istiqomat qilish yoki qo’nish joyi (masalan, cho’ponlar qarorgohi); 4) davlat idorasi, davlat boshlig’i yoki biror davlat arbobining doimiy yoki vaqtincha turar joyi, saroyi, rezidentsiyasi.