Qashqarbeda
Qashqarbeda — dukkakdoshlarga mansub o’q ildizli ikki yillik begona o’tlar turkumi. O’zbekistonda sariq Qashqarbeda va oq Qashqarbeda turlari uchraydi. Poyasi tik o’sadi, sershox, bo’yi 50150 santimetr. Barglari uch bo’lakli, navbatma-navbat joylashgan. Gullari sariq, shingil to’pgulga yig’ilgan. Mevasi 1—2 urug’li dukkak. Ikkinchi yili iyun—avgustda gullaydi va iyul—sentabrda mevalaydi. Urug’idan ko’payadi. Urug’lari 4-16° temperaturada ko’karadi. Farg’ona, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ko’p tarqalgan. Don ekinlari orasida, bedapoyalar, paxtazorlarda, shuningdek, dala chekkalari, ariq yoqasi, yo’l bo’ylari, tashlandiq yerlar, ba’zan bog’larda uchraydi. Kurash choralari: ang’iz erta yetiladi, yer shudgor qilinadi. Don ekinlariga gerbitsidlar purkaladi.
O‘xshash so‘zlar
- Qashqarboldoq
- Qashqarcha
- Qasida
- Qaskelen
- Qasmaldoq
- Qasr al-xayr al-g’arbi
- Qatag’on, qatag’onlar
- Qatar, Qatar davlati





