Qasmaldoq
Qasmaldoq — boshoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’tsimon o’simliklar turkumi. Yevropa, Afrika va Osiyoda tarqalgan. O’zbekistonda Yuvenil Qasmaldoqi, uch dyumli Qasmaldoq, yettibo’g’im Qasmaldoq, yoyilgan Qasmaldoq kabi turlari uchraydi. Poyasi tirsaksimon bukilgan. Bo’yi 20-50 santimetr. Barg novlari siyrak tukli yoki tuksiz. Boshoqlari nashtarsimon, tasbehsimon, tsilindrsimon. Apr.iyul oylarida gullab urug’laydi. Barcha turlari cho’l, adirlarda, tog’etaklarida, bahori ekinlar dalalarida, shudgor va bo’z yerlarda o’sadi. Chorva mollari uchun yaxshi yem- xashak.