Qatron, tatun
Qatron, tatun — karamguldoshlar mansub ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi. Osiyo va Yevropada 30 turi ma’lum. Rossiya, O’rta Osiyoda o’sadi. O’zbekistonda Kochi Qatroni, Sharq yoki yoqimli Qatron turlari tarqalgan. Kochi Qatronining poyasi Tarva qaylab shoxlangan. Bo’yi 50— 150 santimetr ildiz bo’g’zidagi barglari uzun bandli, uzunligi 30 santimetr, eni 50 santimetr, buyraksimon yoki dumaloq tuxumsimon, tubi yuraksimon, cheti yirik tishli, usti g’adirbudir. Gullari oq, mart— may oylarida gullab, may—iyunda urug’laydi. Mevasi dumaloq qo’zoqcha. Ayrim turlari bargi sabzavot sifatida ovqatga ishlatiladi, Habashiston Qatroni turi urug’ida 47-53% moy bor. Adir va tog’yonbag’irlarida uchraydi. Chorva mollari uchun to’yimli yem- xashak.