Qattiq fazali reaktsiyalar
Qattiq fazali reaktsiyalar — qattiq moddalar orasida o’ziga xos rang paydo bo’lishi bilan boradigan reaktsiyalar. Rangli cho’kmalar hosil bo’lishi yoki erib ketishi bilan boradigan reaktsiyalar ham Qattiq fazali reaktsiyalarga kiradi. Kristallda boradigan kimyoviy reaktsiyalar ko’pincha nuqsonli joylarda rivojlanadi. Nuqsonlar kristall panjaraning ichki qismida ham bo’lishi mumkin; binobarin, kimyoviy reaktsiyalar kristallning ichki sirtida ham rivojlana oladi. 2 qattiq jism orasidagi reaktsiya dastlabki moddalar sirti bilan mahsulotlar sirti chegarasida sodir bo’lishi mumkin. Bunday reaktsiyalar topokimyoviy reaktsiyalar deb ataladi (Yunoncha xorok — joy demakdir, chunki bu reaktsiyalar kristallning muayyan biror joyida sodir bo’ladi). Topokimyoviy reaktsiyalar jumlasiga kaliy permaganatning parchalanishi, metallarning oksidlanishi va juda ko’p komplekslarning hosil bo’lish reaktsiyalari kiradi. Bunga qattiq A§1 va qattiq N§12 lardan qattiq Ayo2(N§14)ning hosil bo’lish reaktsiyasi misol bo’la oladi. Reaktsiya qattiq fazada amalga oshishi uchun zarralar qattiq jism orqali diffuziyalanishi lozim; yuqoridagi misolda A§+ ionlari Ne12 tomon, Ne2+ ionlari esa A§1 tomon harakat qiladi. Sos126n20 bilan mochevina, G’es136n20 bilan tiomochevina, №S16N20 bilan atsetamid orasidagi reaktsiyalar topokimyoviy reaktsiyalardir. Quruq holdagi nikel atsetat №(SN3SOO)2 bilan dimetilglioksim S4N803M2 orasidagi topokimyoviy reaktsiya natijasida qizil tusli mahsulot hosil bo’ladi. Shu sababli dimetilglioksim yordami bilan biror moddada nikel boryo’qligini aniqlash mumkin.