Qavarish

Qavarish — turli mexanik ta’sirlar natijasida badanning biror sohasi terisiga shikast etishi. Ko’pincha oyoq barmoqlari va tovon qavaradi. Oyoq terlashi, poyabzalni noto’g’ri tanlash, teri parvarishiga rioya qilmaslik va boshqalar Qavarishga sabab bo’ladi. Qavarish qo’l kaftida (yer chopganda va boshqalar xil jismoniy mehnat qilganda), qo’ltiq osti va bo’yinda (qattiq yoqali, kraxmallangan, choklari notekis ich kiyim kiyish oqibatida) ham uchrashi mumkin. Qavargan joy achishib og’riydi, doim namlanib turadi, terisi shilinib qizaradi, bir oz shishadi, so’nfa ichida suyuqlik to’la pufakcha (suvli qadoq) hosil bo’ladi, keyinchalik pufakcha yorilib, yuza yaraga aylanadi; shu joy terisi suvlanib turadi. Qavargan joyni kaliy permanganatning nimrang eritmasi bilan yuvish yoki vanna qilish, so’nfa avaylab artish; pufakchalar paydo bo’lsa, brilliant yashili yoki metilen ko’ki surtib, steril bog’lov qo’yish zarur. Qavargan joy katta bo’lsa yoki u yiring boylasa, darhol vrachga uchrashish lozim. Agar Qavarishning oldi olinmasa, teri ichiga mikroblar o’tib, terining yiringli kasalliklari yuzaga kelishi mumkin. Qavarishning oldini olishda oyoqqa mos poyabzal tanlash, ko’p terlashni davolash, ich kiyimlarni tez-tez almashtirib turish, terini to’fi parvarish qilish alohida ahamiyatga ega. Jismoniy ish qilganda (xaskash, bel, ketmon bilan ishlaganda) qo’lqop kiyib olish kerak.