Qayla

Qayla — tayyor ovqat ustiga solinadigan masalliq. Go’sht va mayda to’g’ralgan turli sabzavotlardan qovurib, so’ng ozroq suv qo’shib qaynatib yoki sust olovda 30-40 minut davomida dimlab pishiriladi. Qayla moshkichiri, kesma ugra, turli garnirli taomlar uchun tayyorlanadi.