Qayroqqum

Qayroqqum — Tojikiston Respublikasi Sug’d viloyatidagi shahar (1963 yildan). Qayroqqum suv ombori sohilida, Xo’jand temir yo’l stantsiyasidan 8 kilometr. Aholisi 13 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Qayroqqum GES, gilam to’qish, un tortish, uysozlik kombinatlari, qurilish tashkilotlari, temirbeton konstruktsiyalari zavodi, baliqchilik xo’jaligi, dam olish uyi, turistik baza faoliyat ko’rsatadi.