Qaysi hududda eng ko‘p tuxum olingan?
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 4 mlrd dona tuxum olingan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,2 % ga o‘sgan.
Hududlar kesimida olingan tuxum hajmi:
Toshkent viloyati – 709,5 mln dona
Samarqand viloyati – 596,3 mln dona
Namangan viloyati – 330,9 mln dona
Farg‘ona viloyati – 324,9 mln dona
Andijon viloyati – 314 mln dona
Surxondaryo viloyati – 296,1 mln dona
Qashqadaryo viloyati – 255,4 mln dona
Xorazm viloyati – 253,3 mln dona
Buxoro viloyati – 249,9 mln dona
Navoiy viloyati – 215,5 mln dona
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 200,4 mln dona
Jizzax viloyati – 183,6 mln dona
Sirdaryo viloyati – 92,6 mln dona
Manba: www.stat.uz