Qichima, prurigo

Qichima, prurigo — badanga tariqdek mayda, uchi pufakchali, pushti rang yoki sog’lom teri rangidagi toshmalar toshishi bilan kechadigan kasallik. Toshmalar qo’l va oyoqlarning yozluvchi yuzalarida, dumbada paydo bo’lali. Irsiy omillar, ba’zi ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarning organizmga allergik ta’siri va boshqalar Qichimaning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bolalar va kattalarda uchraydigan hamda tugunchali Qichima bor. Bolalar Qichimasida Balanning qattiq qichishib turishi bolaning uyqusi bi- lan ishtahasini buzadi, u injiq bo’lib qoladi. Badan(terisining qashlanib tirnalishi oqibatida ikkilamchi Piodermiya qo’shilishi mumkin; bunda kasallik surunkali davom etadi. Kattalar Qichimasida goshmalar bel, qorin va boshqa sohalarga toshadi, ular qattiq qichishadi va bemor qashinganda pufakchalar yorilib, eroziyaga aylanadi. Undan ajralgan suyuqlik qotib, qizg’ish po’stloqlar hosil bo’ladi. Kasallik surunkali kechishi va qaytalanib turishi natijasida teri qalinlashib, unda qoram-tir dog’lar yuzaga keladi, qashinganda tirnalgan joylar oqarib, chandiqlanadi. Ko’pincha kasallik ikkilamchi infektsiya bilan murakkablashadi, bunda bemorning umumiy ahvoli o’zgarib, asabiy holat vujudga keladi. Bolalar Qichimasi ko’proq ekssudativ-kataral diatez bilan og’riydigan bolalarda (ba’zan, bolalikdan toshgan eshakem keyinchalik Qichimaga aylanadi) kuzatilib, odatda, yuz va soch zararlanadi. Ba’zan keksalarda uchraydigan Qichimada badanga hech narsa toshmaydi, faqat qashing’an joyda tirnoq izlari qoladi. Qichimada bemorning nerv sistemasi buziladi, uyqusi yo’qoladi, terisi quruqshab, limfa tugunlari kattalashadi. Davosi. Qichimani mutaxassis nrach davolaydi. Davo jarayonida bolalar, shuningdek, kattalar ovqatiga alohida e’tibor berish lozim. Bolalarni qo’shimcha ovqatlantirishda, albatta, vrach bilan maslahatlashib olish zarur. Ochiq havoda sayr qilish, yoz kunlari oftobda toblanish, dengizda cho’milish tavsiya etiladi. Bola qattiq qashinmasligi uchun tirnog’ini bot-bot olib turish, terining yiringli kasalliklariga xos alomatlar paydo bo’lsa, albatta, vrachga ko’rinish kerak. Qichimaning oldipi olish uchun parhez saqlash, shirinliklar, achchiq, sho’r, dudlangan ovqatlar iste’mol qilmagan ma’qul. Bemorga antigista-minlar, tinchlantiruvchi dorilar, parhez buyuriladi; Qichimaga qarshi kortikosteroid mazlar surtiladi, sanatoriy va kurortlarda davolanish tavsiya etiladi.