Qirg’iz milliy universiteti

Qirg’iz milliy universiteti — Qirg’izistondagi yirik oliy o’quv yurti. Ilmiy va pedagog kadrlar gayyorlaydi. 1992 yil Qirg’iziston davlat universiteti (1951) negizida tashkil etilgan. Bishkek shahrida joylashgan. Matematika, fizika, biologiya, kimyo, geografiya, tarix, filologiya, iqtisodiyot, huquq va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Botanika bog’i, zoologiya muzeyi, kutubxonasi (1 millionga yaqin asar) bor. «Ilmiy asarlar to’plami»ni nashr etadi (1968 yildan). 13 ming talaba ta’lim oladi.