Qirg’iziston (Kirgizstan), Qirg’iz Respublikasi (Kirgiz Respublikasi)

Qirg’iziston (Kirgizstan), Qirg’iz Respublikasi (Kirgiz Respublikasi) — O’rta Osiyoning shimoli-sharqidagi davdat. Maydoni 199,9 ming km2. Aholisi 5 million 12 ming kishi (2003). Poytaxti — Bishkek shahri. Ma’muriy jihatdan 7 viloyat, 40 rayon, 23 shahar, 28 shaharchaga bo’linadi. Davlat tuzumi. Qirg’iziston — suveren, unitar, demokratik respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 yil 5 mayda qabul qilingan; 1996, 1998, 2001 va 2003 yillarda o’zgartishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — prezident (2005 yildan K.Boqiev). U umumiy teng, to’g’ri yashirin ovoz berish yo’li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Bir shaxs ketma-ket ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament — Jokorgu Kenesh, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Qirg’izistonning ko’p qismi Tyanshan tog’larida, qolgan qismi Pomir-Olay tog’larida joylashgan. Mamlakat hududining 94% dengiz sathidan 1000 metrdan balandda. 1/2 qismi 3000-4000 metr balandliklar orasida. Parallel tog’ tizmalari, asosan, kenglik bo’ylab yo’nalgan. Sharqida (Xitoy bilan chegara yaqinida) G’alaba cho’qqisi (7439 metr) bor. Ichki Tyan-Shan tog’tizmalarining relefi Alp tipli bo’lib, ular vodiy va soyliklar bilan ajralgan. Terskay Olatov bilan kungay Olatov tizmalari orasida Issiqko’l soyligi bor. Qirg’izistonning garbiy qismida G’arbiy Tyanshan tog’lari joylashgan (talas vodiysi, Talas Olatovi va Chatqol tizmalari). Qirg’izistonning Janubiy-g’arbiy qismiga Farg’ona soyligining shimol, Sharqiy va Janub chekkalari kiradi. Janubda turkiston tizmasining shimoliy yon bag’ri, olay tizmasi, olay vodiysi va orqa olay tizmasi shimoliy yon bag’ri Qirg’izistonga qarashli. Foydali qazilmalardan neft, gaz, qo’ng’ir ko’mir va toshko’mir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qo’g’oshin-rux, surma rudalari konlari bor. Iqlimi kontinental iqlim, yogin miqdori o’rtacha, havo quruq va kam bulutli. Relefi tog’li va balandliklar farqi katta bo’lganligi uchun iklimi quruq subtropik iqlimidan baland tog’ tundrasi iqlimigacha o’zgarib boradi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi vodiylarda -1″ dan -8″ gacha, tog’larda -8″ dan -27″ gacha; iyulda vodiylarda 20″-27″, baland tog’larda 5″ va undan past. Yillik yog’in Tyanshan sharqida 180-250 mm dan Farg’ona tizmasining Janubiy-g’arbiy yon bag’rida 900 — 1000 mm gacha. Tog’tepalarida muzliklar bor. Ularning yiriklari mamlakat Sharqiy chekkasidagi Janubiy Inilchek va Shimoliy Inilchek muzliklaridir. Daryolari Orol dengizi, Tarim, Issiqko’l va Balxash ko’li havzalariga mansub. Yirik daryolari: Norin, Chu, Talas. Qirg’izistonda 1923 ko’l bor. Yiriklari: Issiqko’l, So’nko’l, Chatirko’l. Tuproqlari cho’l va yarim cho’l yerlarda bo’z tuproq, Daryo qayirlari va ko’l sohillarida allyuvial, o’tdoqi va o’tloqi-botqoq tuproqlar. Tog’larning cho’l-dasht mintaqasida qo’ng’ir tuproqlar, quruq dashtli mintaqada kashtan tuproqlar, tog’larning sernam yon bag’irlarida qora tuproqlar, tog’ tepalarida tog’-o’rmon tuproqlarining har xil turlari tarqalgan. Qirg’izistonda o’simliklarning 3,5 mingdan ziyod turi o’sadi. Mamlakat hududining 4% dan ortig’i o’rmon. Yong’oqzor-mevazor o’rmonlar maydoni 265 ming gektar. 3600— 4000 metr balandliklar sovuq cho’l va tog’ tundralaridan iborat. Hayvonot dunyosi boy. Cho’l va dashtlarda har xil kemiruvchidar, sudralib yuruvchilar, qushlar; o’rmonlarda qo’ngir ayiq, silovsin, to’ngiz, bo’ri, o’rmon suvsari, tog’larda tog’takasi, qor qoploni, ular, tog’suvsari, yumronqoziq va hokazolar yashaydi. Suv havzalarida baliqning 60 dan ortiq turi uchraydi. Mo’ynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Hududida Issiqko’l, Sarichelak. Beshorol qo’riqxonalari, Ola-archa tabiiy milliy bog’bor. Aholisi, asosan, qirg’izlar (67%). Shuningdek, o’zbek, dungan, Uygur, rus, ukrain, tatar, qozoq, tojik va boshqalar ham yashaydi. Davlat tili — qirgiz tili; rus tiliga rasmiy til maqomi berilgan. Dindorlarning aksariyati musulmon- sunniylar. Shahar aholisi 35,2%. Yirik shaharlari: Bishkek, ush, Jalolobod. To’qmoq. Tarixi. Qirg’izistonda topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Qirg’izistonning shimolda saklar qabila Ittifoqi (miloddan avvalgi 7— 3-asrlar), keyinchalik ular o’rnida usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) qabila Ittifoqi mavjud bo’lgan. Janubiy rayonlar miloddan avvalgi 2-1-asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1-4-a.srarda Kushon podsholigi tarkibida bo’lgan. 5-asrda Qirg’iziston shimoldagi ko’chmanchi qabilalar o’troklasha boshladi. 6-7-asrlarda Qirg’iziston Turk xoqonligi tarkibida bo’ldi. Qirg’iziston G’arbiy Turk xoqonligining markazi bo’lib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri. Chu vodiysida (To’qmoq shahri o’rnida) joylashgan. Shimoliy Qirg’izistonda o’troq hayotning rivojlanishida O’rta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan ko’chib kelgan aholining roli katta bo’lgan. 6-8-asrlarda ko’chmanchi turkiy qabilalar O’rxun-Yenisey yozuvidan, o’troq aholi Sug’d yozuvidan foydalangan. Qirg’iziston hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Qirg’izistondagi siyosiy hokimiyat Turgash zodagonlari qo’liga o’tgan. 8-asr o’rtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr o’rtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirg’iz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni ko’paygan. Ular Issiqko’l qirg’oqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — O’rta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bog’liq bo’lgan hunarmandlar va savdogarlar ko’chmanchilari ip-gazlama, charm, yog’och, sopol, metall buyumlar, g’alla, quruq meva va boshqalar bilan ta’minlab turishgan. Ko’chmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yo’li o’tgan. 10-asr o’rtasidan taxminan 12-asr o’rtalarigacha Qirg’iziston hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasog’un (hozirgi Bo’rona shahri xarobasi) bo’lgan. 10— 12-asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik Markazi hisoblangan. Ko’plab shaharlarda (Bolasog’un, O’zgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan mo’g’ullar istilosi qirg’iz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga to’xtatib qo’ygan, ko’plab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron bo’lgan, o’troq dehqonchilik xo’jaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shimoliy Qirg’izistonda shu davrdan boshlab yarim ko’chmanchi chorvadorlik xo’jalikning yetakchi tarmog’iga aylangan. O’rta Osiyoga mo’g’ullar bilan birga ko’plab ko’chmanchi qabilalar ko’chib kelgan. Tyan-Shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chig’atoy ulusi tarkibiga kirgan. Chig’atoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv o’lkasi va ili vohasida Mo’g’uliston davlati tashkil topgan. Chig’atoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qo’l ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga ko’chib o’tadilar. Muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chag’oniyonga kelib o’rnashadi. Bu hol Chig’atoy ulusining ikkiga bo’linib ketishiga sabab bo’lgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning Sharqiy va shimoliy-Sharqiy qismida qolgan turkiy va mo’g’ul qabilalari o’zlarini mo’g’ullar, mamlakatni esa Mo’g’uliston deb atay boshladilar. 1348 yil Chig’atoy naslidan bo’lgan Tug’luq Temur Mo’g’uliston xoni qilib ko’tarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370-90 yillarda 7 marta qo’shin tortib borgan va uni o’ziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan so’ng Temuriylar davrida Ulug’bek 1425 yil Mo’g’ulistonga zafarli yurish qilgan. 15-asrning oxirida Mo’g’uliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-asrning 2-yarmida shimoliy Qirg’iziston hududida qirg’iz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirg’iz xalqi tashkil etgan. 16-asrning 1-yarmida qirg’izlar oyratlar bosqiniga qarshi uzoq muddat kurash olib borganlar. 17-18-asr boshlarida Sharqiy Turkistonning siyosiy hayotida qirg’izlarning ishtiroki kuchaygan. 18- asr oxiri —19-asr boshlarida qirg’izlar Rossiyadan panoh izlay boshladilar. Bunga ularni murakkab tashqi siyosiy vaziyat, ichki ahvolning turg’un emasligi va o’zaro savdo-sotiqdan manfaatdorlik majbur qilgan. 1814 yil va 1824 yillarda Issiqko’l qirg’izlari delegasiyasi Rossiyaning G’arbiy Sibirdagi ma’murlari huzuriga borishgan. 19-asrning 1-choragida Qo’qon xonligi qo’shinlarining qirg’izlar ustiga harbiy yurishlari rus-qirg’iz munosabatlarini to’xtatgan. Qirg’izlar Qo’qon xonligi tarkibiga kirishgan. Bu davrda qo’qonliklar tomonidan Pishpak (hozirgi Bishkek), to’qmoq, Darautqo’rg’on va b. qal’alar qurilgan. 19-asr ning 60-70- yillarida butun Qirg’iziston Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shib olindi; avval Turkiston viloyati (1865-67), so’ng Turkiston general-gubernatorligi (1867-1917) tarkibida bo’ldi. 1917 yil noyabr — 1918 yil iyunda sovet hokimiyati o’rnatildi. 1918 yil aprelda Qirg’iziston yangi tuzilgan Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. 1921-22 yillarda yer-suv islohoti o’tkazildi. 1924 yil O’rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o’tkazilishi natijasida 1924 yil 14 oktabrda RSFSR tarkibida qora-qirg’iz Muxtor viloyati tashkil etildi. 1925 yil 25 mayda Qoraqirg’iz Muxtor viloyati Qirg’iz Muxtor viloyatiga, 1926 yil 1 Fevraldan Qirg’iziston ASSR ga, 1936 yil 5 dekabrdan SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990 yil dekabrdan Qirg’iziston Respublikasi deb ataldi. 1991 yil 31 avgustda respublika Oliy Kengashi Qirg’izistonni mustaqil, suveren, demokratik davlat deb e’lon qildi. 1993 yil 5 maydan Qirg’iz Respublikasi deb nomlandi. 2005 yil martda Qirg’izistonda yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. Aqaevni o’z lavozimidan ketishga majbur etdi. Qirg’iziston — 1991 yil 31 dekabrdan MDH tarkibida. 1992 yildan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 31 avgust — Davlat mustaqilligi kuni (1991). Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari. Qirg’iziston agrar partiyasi, 1933 yil tashkil etilgan; Qirg’iziston agrar-mehnat partiyasi, 1994 yil asos solingan; «Ar-Namis» («or-nomus») partiyasi, 1999 yil tuzilgan; Qirg’iziston xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994 yil ta’sis etilgan; Qirg’iziston demokratik harakati, 1993 yil tashkil etilgan; Qirg’iziston Kommunistik partiyasi, 1999 yil asos solingan; «mamlakatim» harakati partiyasi, 1998 yil tashkil etilgan; «Manas-el» («Manas xalqi») ma’naviy tiklanish partiyasi, 1998 yil tuzilgan; Qirg’iziston kommunistlari partiyasi, 1992 yil asos solingan; «Erkin Qirg’iziston» Progressiv-demokratik partiyasi, 1991 yil tuzilgan; «ata-Meken» («Vatan») sotsialistik partiyasi, 1992 yil ta’sis etilgan. Qirg’iziston kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 yil tuzilgan. Xo’jaligi. Qirg’iziston agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5%, qishloq xo’jaligi 38,4%, xizmat ko’rsatish tarmog’i 12%, savdo 10,1% ni tashkil etadi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xo’jalik mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va boshqalar), rangli metallurgiya (simob, surma va qo’rgoshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, yengil (ip-gazlama, jun, ipak matolar, trikotaj, ko’n-poyabzal, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish, gilam to’qish; asosiy markazlari — ush, Bishkek), oziq-ovqat (go’sht-sut, un-yorma va boshqalar, yirik korxonalar Bishkek shahrida joylashgan) sanoati. Ko’mir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari (tsement, shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 milliard kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr stansiyalarida). Norin daryosida To’qtag’ul, Uchqo’rg’on, Kurpsoy, Toshko’mir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Qishloq xo’jaligi uchun yaroqli yerlar maydoni 10,1 million gektar (mamlakat hududining 50,9%). 1 million gektar yer sug’oriladi. Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i — chorvachilik (yalpi mahsulotning 55%), asosan mayin va yarim mayin junli qo’ychilik; sut-go’sht chorvachiligi, yilqichilik ham rivojlangan. mamlakatda 988 ming qoramol, 88 ming cho’chqa, 3765 ming qo’y va echki, 360,7 ming yilqi, 2100 ming uy parrandasi bor (2002). Dehqonchilikning asosiy tarmog’i — paxta, tamaki, efir moyli ekinlar yetishtirish; shuningdek, yem-xashak ekinlari, g’alla (bug’doy, arpa, makkajo’xori), kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik va bog’dorchilik rivojlangan. Qand lavlagi va beda urug’i olinadi. Transportining asosiy turi — avtomobil transporti. Avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 28 ming kilometr (19 ming kilometr umumiy foydalanish yo’llari). Temir yo’lar uzunligi 417 kilometr (2002). Issiqko’lda muntazam kema qatnaydi. Ichki suv yo’llari uzunligi 460 kilometr. «Kirgizstai aba joddoru», «Itek Eyr», «Altin Eyr» milliy aviatsiya kompaniyalari samolyotlari dunyoning bir qancha mamlakatlariga uchadi. Qirg’iziston hududidan Buxoro —Toshkent— Bishkek — Olmaota gaz quvuri o’tgan; Maylisoy—Jalolobod—O’sh gaz quvuri mavjud. Chetga oltin, paxta tolasi, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari, elektr energiyasi, tamaki, metall, jihozlar va boshqalar chiqaradi; chetdan sanoat jihozlari va buyumlari, keng iste’mol mollari oladi. Tashqi savdoda Rossiya, O’zbekiston, Xitoy, Germaniya, Qozog’iston, Turkiya, AQSh bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — som. Tibbiy xizmati. Respublikada 30 ming o’rinli 250 dan ziyod kasalxona muassasalarida 15 ming vrach, 30 mingdan ortiq o’rta tibbiyot xodimi ishlaydi. Vrach va o’rta tibbiyot xodimlari tibbiyot institut va bilim yurtlarida tayyorlanadi. Respublika hududida 24 sanatoriy, 21 sanatoriy-profilaktoriy, 57 dam olish pansionati, 11 dam olish uyi, 43 bolalar sog’lomlashtirish majmuasi va boshqa dam olish maskanlari bor (2002). Mashhur kurortlari: Oqsuv, Jetio’g’uz, Cho’lponota, Jalolobod, Jirgalan. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. 19-asrning 2-yarmida Qirg’iziston hududida diniy maktablar — maktabxona va madrasalar bo’lgan. Qirg’iziston Rossiyaga qo’shib olingach, dastlabki rus boshlang’ich maktablari, 19-asrning 80-yillarida rus-tuzem maktablari ochildi. 1911 yil xotin-qizlar progimnaziyasi, 1912 yil yerlar gimnaziyasi tashkil etildi; bu gimnaziya 1917 yilgacha Qirg’iziston hududidagi yagona o’rta o’quv yurti bo’lgan. 1923 yil Qirg’izistondagi 327 maktabda 20 mingdan ortiq o’quvchi o’qigan. Qirg’izistonda 2002 yilda 2056 umumiy o’rta ta’lim maktabida 1168,1 ming, 113 gimnaziyada 72,2 ming, 50 litseyda 18,2 ming, 75 o’rta hunar o’quv yurtida 31178 o’quvchi, 49 oliy o’quv yurti (jumladan, 16 nodavlat oliy o’quv yurti)da 214173 talaba ta’lim oldi. Yirik oliy o’quv yurtlari: Qirgich milliy universiteti, gumanitar universitet, pedagogika universiteti, tibbiyot akademiyasi, politexnika, san’at, qishloq xo’jalik institutlari (hammasi Bishkek shahrida). Ilmiy tadqiqotlar Qirg’iziston milliy Fanlar akademiyasi institut va muassasalarida, 15 universitet va boshqa oliy o’quv yurtlari, tarmoq vazirlik va muassasalarning ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. 2002 yil Respublikada 4623 ilmiy xodim (ilmiy pedagog kadrlar bilan birgalikda), jumladan, 345 fan Doktori va 1051 fan nomzodi ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 2002 yil mamlakatda 1035 kutubxona (19 million 790 ming asar) faoliyat ko’rsatdi. Ularning eng yirigi — milliy kutubxona (900 mingdan ziyod asar) dir. Yirik muzeylari: o’lkashunoslik davlat muzeyi, tasviriy san’at milliy muzeyi, Tarix muzeyi. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. 2002 yil Qirg’izistonda 183 gazeta va 83 jurnal nashr etildi. Yiriklari: «Asaba» («bayroq», qirg’iz tilida haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 2001 yildan), «Vecherniy Bishkek» («Bishkek oqshomi», rus tilidagi kundalik gazeta, 1974 yildan), «Kizil Tuusi» («qizil bayroq», qirg’iz tilida haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 1924 yildan), «Literaturniy Kirgizstan» («Qirg’iziston adabiyoti», rus tilida yiliga 4 marta chiqadigan jurnal), «Slovo Kirgizstana» («Qirg’iziston so’zi», rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gazeta, 1925 yildan), «Erkin Too» («Erkin tog’lar», qirg’iz va rus tillarida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gazeta, 1991 yildan). «Kabar» qirg’iz milliy axborot agentligi 1937 yil yanvarda tashkil etilgan. Qirg’iz Respublikasi teleradioeshittirish davlat korporatsiyasi (1937 yil asos solingan), «Almaz» xususiy radiostansiyasi, koort radio va televideniesi (1992 yil tuzilgan), «piramida» teleradiokompaniyasi (1991 yil asos solingan) mavjud. Radioeshittirishlar 1931 yildan, teleko’rsatuvlar 1958 yildan boshlangan. Adabiyoti xalq og’zaki ijodining turli janrlari — ertak, Doston, qo’shiq, rivoyatlar («Kurmanbek», «Kojojash», «er-Tyoshtuk», «Janish Bayish») va «Manas» monumental qahramonlik eposi negizida rivojlangan. Shoir To’qtag’ul Sotilg’onov ijodi 1917 yilgacha bo’lgan xalq she’riyatini zamonaviy she’riyat bilan bog’lovchi halqa bo’ldi. Barpi Aliqulov (1884-1949) she’rlarida ijtimoiy adolatsizlik, ekspluatasiyaga qarshi norozilik tuyg’ulari o’z ifoasini topdi. To’g’aloq Mulda o’z she’rlarida qirg’iz ayollarining turmushini bayon etdi. Qirg’iz milliy yozma adabiyoti asoschisi shoir Aali To’qumboevdir; uning dastlabki she’rlari 1924 yil birinchi qirg’iz gazetasida bosilib chiqqan. 1920-yillarda dastlabki drama, qissa, Dostonlar yaratildi. Qirg’iz adabiyotidagi birinchi dramatik asar M.Tokoboevning «Bechora Kakey» pyesasi (1927 yil sahnalashtirilgan), birinchi nasriy asar K.Bayalinovning «Ajar» hikoyasi (1928) dir. 30-yillarda adabiyotning barcha janr va turlari rivojlandi. T. Sidiqbekov, Q. Jontoshevlarning nasriy, M.Eleboev, Q. Malikov, T. Umetaliev, A. Osmonov, dungan shoiri Ya.Shivazaning she’riy, J.Turusbekov, J.Bokonboevning dramatik asarlari bosilib chiqdi. 2-jahon urushi yillari (1939-45) qirg’iz yozuvchilari Vatanparvarlik ruhida asarlar yozdilar (J. Bokonboev, M.Eleboev, A. To’qumboev, Q. Malikov, T.Sidiqbekov, K. Bayalinov, A. Osmonov, T. Umetaliev va boshqalar). Qirg’iz adabiyoti urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. Adabiyotga yangi nomlar: birinchi qirg’iz shoirasi N.Jetikashkaeva, adiblar Ch.Aygpmagpov, K.Bobulov, Sh.Abdiramanov, S.Eraliev va boshqalar kirib keldi. Yozuvchilardan N.Boytemirov, Sh.Beyshenaliev, T. Qosimbekov va boshqalar, shoirlardan T.Abilqosimova, T.Kojomberdiev, O. Sultonov, J. Abdikalikov, S.Abiqodirova, R. Risqulov va boshqalar, dramaturglardan R. Shukurbekov, T. Abdumo’minov, B.Jaqiev, M.Bayjiev, B.Omuraliev va boshqalar mashhur. Qirg’iz adiblarining ko’p asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Me’morligi. Qirg’iziston hududidan miloddan avvalgi 4-1-asrlarga oid manzilgohlar topilgan; ular paxsadan qurilgan uylardan, mudofaa devorlari va minoralardan iborat bo’lgan. Qirg’izlarning an’anaviy turar joylari yig’ma o’tov va xom g’ishtdan qurilgan oddiy uylar. 5-10-asrlarda shaharlar paydo bo’ldi, qo’rg’on va qasrlar, ibodatxona, rabot, karvonsaroylar bunyod etildi. 10-asr o’rtasi — 12-asrda masjid, minora (O’zgan minorasi), maqbara (peshtoq-gumbazli; O’zgandagi 3 maqbara) kabi monumental binolar qurildi. 13-asrdan monumental maqbara (Manas maqbarasi, 14-asr) va karvonsaroy (Toshrabot karvonsaroyi, 15-asr),ko’shklar (O’sh shahri yaqinida Bobur qurdirgan ko’shk, 16-asr boshi) qurila boshladi. Qirg’iziston Rossiyaga qo’shib olingandan keyin shaharlar rivoj topa boshladi. Pishpak (hozirgi Bishkek), Qorako’l, to’qmoq kabi shaharlar reja asosida (bir qavatli, paxsa va xom g’ishtdan) qurila boshladi. 20-asrning 20-asrlaridan eski shaharlar qayta tiklandi, puxta reja asosida yangi shahar (Jalolobod, Qizilqiya, Ko’kyong’oq, Talas) va shaharchalar (Ko’ktosh, Qorasuv va boshqalar) barpo etildi. 30-yillarning oxiridan binolarda milliy bezaklardan keng foydalanildi (Bishkekdagi yozgi teatr, me’mor G.A.Gradov). 40-yillarning oxirlaridan mahalliy sharoit hisobga olingan holda yirik shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqildi, shaharlar shu reja asosida qurila boshladi. 1960-70 yillarda binolar yig’ma temir-beton va shishadan barpo etila boshladi (Qirg’iziston Fanlar Akademiyasi binosi, 1960-yillar; rus drama teatri, 1971; Sport saroyi, 1974, me’mor M.Maruxov; Tasviriy san’at muzeyi, 1974, me’morlar Sh.Jekshenboyev, V.Nazarov, D.Irisqulov, hammasi — Bishkek shahrida; O’sh shahridagi «Semetey» kinoteatri, 1976). Kurortlar qurilishiga e’tibor berildi (Issiqko’l atrofida yirik kurort rni barpo etildi). Mamlakatda birinchi yirik panelli to’qqiz qavatli uy 1975 yil, o’n ikki qavatli uy 1982 yil, o’n sakkiz qavatli uy 1985 yilqurildi. Tasviriy san’ati. Qirg’iziston hududidan topilgan qadimgi san’at asarlari namunalari neolit davriga mansub (oq cho’nqir qoyatosh rasmlari, Soymalitosh rasmlari). Jez davrida qirma va qolipaki naqshli sopol idishlar tayyorlangan. Qirg’izistonning shimoliy hududlari va Tyanshandan qo’tos, echki, sher, qoplonlarning bronzadan quyilgan haykalchalari topilgan (miloddan avvalgi 7-asr — milodiy 5-asr). 5-10-asrlarda qabrlar ustiga tosh haykalchalar o’rnatilgan. 4-5-asrlarga mansub sug’diylar qo’rg’onidan loydan quyib, har xil rangga bo’yab ishlangan Budda haykali (bo’yi 12 metrdan ortiq) topilgan. O’troq aholi o’rtasida sirlangan sopol idishlar, o’yma naqsh bilan bezatilgan ostadonlar tayyorlash, ko’chmanchi turkiy qabilalar orasida ot abzallarining qismlarini metalldan bezab tayyorlash rivojlangan: Qirg’izistonda tasviriy san’at rivojida rassomlar V.V.Obraztsov, S.A.Chuykov, haykaltarosh O.M.Manuilova katta rol o’ynadi. 1930-yillardan qirg’iz milliy rassomligining asoschilaridan biri G’.Aytiev samarali ijod qildi. 1935 yil Bishkekda badiiy studiya (1939 yildan Badiiy bilim yurti) ochildi. 1930-yillarda rassomlikda manzara janri rivoj topdi (S.A.Chuykov, G’.Aytiev, S.Oqilbekov va boshqalar). 1930-yillarning oxirlarida grafiklardan L.A.Ilina, A.I.Mixalyov, A.A.Sgibnev va boshqalar samarali ijod qildilar. 2-jahon urushi yillari tashviqot va satirik grafika (plakat, karikatura) yuksaldi, urush qahramonlariga bag’ishlangan rassomlik asarlari, haykallar ijod qilindi. 1950-yillarda portret va manzara janrlari rivojlandi (G’.Aytiev, S.Oqilbekov). 1950-yillarning oxiri — 60-yillarda A.Usubaliev, S.Ishenov, D.Jumaboev, A.Usmonov kabi rassomlar yetishdi. 1960- yillarda haykaltaroshlardan T. Sodiqov, A.Muhiddinov samarali ijod qildilar. Xalq san’atida gilamchilik, kigiz bosish, kashtado’zlik, charm buyumlari tayyorlash va ularni bezash, kulollik kabi an’anaviy tarmoqlar rivojlangan. Musiqasi qirg’izlarning asrlar davomida saqlanib kelgan, ko’chmanchi chorvachilikka asoslangan hayot sharoitida rivoj topgan. Shu bois an’anaviy musiqasida ansambl hamda jamoa ijrochiligi shakllari deyarli uchramaydi, yakka xonandalik va sozandalik yo’llari asosiy o’rin tutadi. Xalq qo’shiq (ir) lari marosim («qoshoq» yig’i, «Jaramazan», «beshik iri» va boshqalar), mehnat («bek-Bekey», «shirildan», «op mayda»), lirik («Seketbay», «kuygen», «armon»), o’yin («selkinchek»), shuningdek, «baldar iri» (bolalar qo’shiqlari), «qizdar iri» va boshqalardan iborat. Qirg’iz shomon-baxshi (Baxshi, kuuchu, byubu, yemchi va hokazolar)lar tomonidan afsun-jodu va tabobat aytimlari ijro etilgan. Boshqa turkiy xalqlarda bo’lgani kabi oqin, Manaschi, jomokchu (terma ijrochilari)ning ijodi keng tarqalgan. Oqinlar nasihat («ulgu ir», «sanat»), bag’ishlov («arnoo», «maqtoo»), qutlov («kutuktoo») qo’shiqlari, Manaschilar «Manas», «Semetey», «Seytek» turkumlari, «Kurmanbek», «Kojojash», «Kedeyxon» kabi qahramonlik dostonlarini ijro etadi. Musiqa cholg’ulari orasida qadimgi diddirek, jekesan, shaldiroq, qo’ng’iroq, ooz qo’muz (chsshgko’biz) kabi idiofonlar, puflama sibizg’a, choor (nay), torli qiyoq, qo’muz va boshqalar mavjud. Ayniqsa, qo’muz va boshqa cholg’ularda ijro etiladigan yirik shakldagi kuylar («qambarkan», «kerbez», «botoy» va boshqalar) ommalashgan. Xalq orasida manaschilar Sagimboy Orozbakov, Sayakboy Qoralaev, oqinlar To’qtag’ul Sotilg’onov, Qaliq Akiev, Olimqul Usenboev, irchilar atay Ogombaev, Musa Bayotov, qo’muzchilar Muzooke Jamankaraev, Kurenkey Belekov, Karamoldo Orozov, Ibray Tumanov, Samarbyubyu To’xtaxunova, qiyoqchilar Muratali Kurenkeev, Said Bekmurotov va boshqalar mashhur. An’anaviy musiqa namunalarini to’plash va o’rganish ishlari, asosan, 1920-30 yillarda boshlangan (A.Zataevich, V.Vinogradov va boshqalar). Shu davrdan boshlab milliy kompozitorlik maktabi ham shakllana boshladi, K.Moldiboev, M.Abdraev, A.Tuleev, A.Omonboev kabi professional qirg’iz kompozitorlari etishdi. Musiqali dramalar («Oltin qiz», A.Vlasov, V.Fere, 1937; «O’lim emas, hayot», Vlasov, Moldiboev, Fere, 1938)ning sahnaga qo’yilishi operalar yaratilishiga yo’l ochdi, balet, simfoniyalar ijod qilindi. «Manas» eposi asosida birinchi qirg’iz operasi («Oygo’zal», 1939, Vlasov, Moldiboev, Fere) yaratildi. Vlasov va Fere «Anor» (1940), «Arg’imchoq» (1943) birinchi qirg’iz baletlarini, qirg’iz xalq kuylari asosida ilk simfonik asarlarini (N.Rakov bilan) ijod qilishgan. Vlasov, Moldiboev, Ferelarning «Manas» (1946), «To’qtag’ul» (1958) va boshqalar operalari, A.Omonboev, S. L. Germanovning «Aydar va Oysha» (1952), A.Abraevning «bo’ron oldida» (1974) va boshqa operalarda qirg’iz xalqining erk va baxt uchun kurashi eks etdi. Iste’dodli ijrochilar etishdi. Xonandalardan Xalq artistlari S.Kiyizboeva, A.Moldiboev, A.Mirzaboev, B. Minjilkiev, X.Muxtorov, K.Sartboev, T.Seytaliev, Qirg’iziston xalq artistlari K.Chodronov, M.Mustaeva, M.Mahmutova, dirijyorlardan Xalq artistlari A.Jumahmatov, K.Mo’ldabasanov va boshqalar mashhur. Opera va balet teatri (1942), filarmoniya (1936), Qirg’iziston radio va televideniesining katta simfonik orkestri (1970), Milliy konservatoriya (1993), san’at instituti (1967), Bishkek va O’shda musiqa bilim yurtlari, 100 ga yaqin musiqa maktabi, xalq ijodi markazi mavjud. 1939 yilda Qirg’iziston Kompozitorlar uyushmasi tashkil topgan. Mo’ldabasanovning «Momo yer» baletoratoriyasi (1975), Omonboyevning «Bo’ydoqlar» (1961), N.Davlesovning «ehtiyot bo’ling, kelin» (1970) va boshqa musiqali dramalari, Tuleev, A. Jonibekov, E.Jo’maboyevning simfoniyalari zamonaviy qirgiz musiqasi yutug’i bo’ldi. Teatri. Drama teatri sarchashmalari turli marosimlar, xalq o’yinlari, oqinlar aytishuvi, manaschi, qo’muzchi va qiziqchilarning faoliyati bilan bog’liq ravishda qadim zamonlardan boshlangan. 1918 yil Qorako’lda havaskorlik xalqteatri tashkil etildi. 1920 yil Pishpek, Qorako’l va Norin uezdlarida faqat havaskorlik teatrlari ishladi. Professional teatr 1920-yillarda vujudga keldi. 1926 yilda musiqali drama studiyasi tashkil etildi. 1930 yil u professional drama teatriga aylantirildi, 1936 yildan musiqali drama teatri deb nomlandi; 1942 yildan qirg’iz opera va balet teatri. Qirg’iz tilida dramatik spektakllar yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qo’yildi (u 1936 yil tashkil qilinib, 1941 yilgacha ishlagan). 1941 yil Frunze (hozirgi Bishkek) da qirg’iz drama teatri truppasi tuzildi. 1960 – yillarda qirg’iz xalqining hayoti aks ettirilgan ko’pgina spektakllar yaratildi («otaning qismati», B.Jaqiev; «Qichan», Sh.Beyshenaliev; «Yangi kelin», M.To’yboev; «yuzma-yuz», «Momo yer», ikkalasi ham Ch.Aytmatov qissalari asosida). Qirg’izistondagi teatrlarda qirg’iz va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalari asosida ko’ptina spektakllar namoyish etildi. Mamlakatda 15 professional teatr, jumladan, Bishkek shahrida qirgiz akademik drama teatri, Rus drama teatri, O’shda o’zbek musiqali drama (1929), qirg’iz drama (1972) teatrlari, Norin shahrida Tyanshan musiqali drama teatri, Bishkekda qo’g’irchoq teatri (1938) va boshqalar ishlaydi. Teatr san’ati ustalaridan D.Kuyukova, B.Kidikeeva, M.Risqulov, S.Balqibekova, S.Jamanov, A.Jonqo’rozova, S.Kumushalieva, A.Quttiboeva boshqalar mashhur. Kinosi. 1939 yil Frunze (hozirgi Bishkek)da kinoxronikaning muxbirlik punkti tashkil etildi. 1942 yil uning negizida Frunze kinoxronika studiyami («Qirg’iziston 2-jahon urushi davrida» filmi, 1944, rejissyor D.Erdman va boshqalar)ga asos solindi, 1956 yil hujjatli va badiiy filmlar studiyasiga aylantirildi, 1961 yildan «qirg’iz-film» kinostudiyasi deb nomlanadi. 1950-yillardan badiiy kinematografiya rivoj topa boshladi. Birinchi badiiy film «saltanat» (1955, rejissyor V.P.Pronin, «Mosfilm» kinostudiyasi bilan hamkorlikda) dan keyin «mendagi xatolik» (1958), «Olis tog’larda» (1959), «Tyanshanlik qiz» (1960), «Cho’lpon — tong yulduzi» (1960, «Lenfilm» kinostudiyasi bilan hamkorlikda), «To’qtag’ul» (1961) kabi badiiy, «ular Tyanshanda tug’ilganlar» (1958), «toglar daryosi» (1960) kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1960-yillardan milliy adabiyot namunalari, xususan, Ch.Aytmatov asarlari ekranlashtirilishi qirg’iz kinosida diqqatga sazovor ish bo’ldi. Ch.Aytmatov asarlari asosida yaratilgan «Dovon» (1961), «Saraton» (1963), «birinchi o’qituvchi» (1965), «Jamila» (1969, «Mosfilm» kinostudiyasi bilan hamkorlikda) va boshqa filmlar qirg’iz kino san’atining yutug’idir. «Karash dovonidagi o’q ovozi» (1968), «Issiqko’l lolalari» (1972), «Oq kema» (1977), «ilk turnalar» (1979, hammasining rejissyor B.Shamshiev), «Yoshligimiz osmoni» (1966), «Urkuya» (1970), «Ulan» (1978; hammasining rejissyor T.Okeyev) kabi badiiy, «Norin kundaligi» (1971, rejissyor A.Vidugiris), «pochta» (1972, rejissyor B.Abdildaev) hujjatli filmlari xalqaro kinofestivallarda mukofotlarga sazovor bo’lgan. Kino aktyorlardan M.Risqulov, D.Kuyukova, B.Kidikeeva, T.Tursunboeva, S.Cho’qmorov va boshqalar mashhur. O’zbekiston — Qirg’iziston munosabatlari. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, 1993 yil ikkala davlat o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatildi. 1992 yil iyuldan Toshkentda Qirg’iziston elchixonasi, 1998 yil oktabrdan Bishkekda O’zbekiston elchixonasi faoliyat yuritmoqda. 2000 yil sentabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Bishkekka, 1996 yil dekabr va 1998 yil noyabrda Qirg’iziston Prezidentining O’zbekistonga tashrifi bo’lib o’tdi. 1996 yil 24 dekabrda ikki davlat o’rtasida imzolangan «Abadiy do’stlik to’g’risida»gi shartnoma davlatlar o’rtasidagi munosabat- larning shartnomaviy-huquqiy asosi hisoblanadi. Davlatlar o’rtasida gumanitar sohadagi hamkorlik mana shu shartnoma, 1994 yil 16 yanvarda imzolangan Madaniyat, sog’liqni saqlash, fan, ta’lim, turizm va sport bo’yicha hamkorlikni chuqurlashtirish to’g’risidagi hukumatlararo bitim, 1996 yil 24 dekabrda imzolangan madaniy hamkorlik to’g’risidagi muassasalararo bitimga muvofiq amalga oshiriladi. 2005 yilgacha ikki davlat o’rtasida ikki tomon uchun ahamiyatli bo’lgan 181 hujjat imzolangan. 2004 yil O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston o’rtasidagi tovar aylanmasi 68,1 million AQSh dollarini, jumladan, eksport 43,6 miliol. AQSh dollarini, import 24,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.