Qirg’oq chizig’i

Qirg’oq chizig’i – okean, dengiz, ko’llarning yuzasi bilan quruqlik yuzasi tutashib turgan chiziq. Suv havzasi bilan quruqlik chegarasi hisoblanadi. Suv havzalarining sathi balandligi suv qalqishi, shamol, oqim, to’lqinlar va havo bosimiga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Shu sababli, suvning ko’p yillik o’rtacha sathiga qarab Qirg’oq chizig’i shartli ravishda o’tkaziladi. Daryolarda Qirg’oq chizig’i doimiy bo’lmay, tez-tez o’zgaradi. Qadimiy Qirg’oq chizig’ini o’rganish orqali sohil, umuman, suv havzasining rivojlanish tarixi aniqlanadi va yer po’sti vertikal harakatlari qanday sur’atlar bilan kechgani haqida xulosa qilish mumkin bo’ladi.