Qirma temiratki

Qirma temiratki, mikrosporiya — odam va hayvonlarda uchraydigan terining zamburug’ kasalliklaridan. Parazit zamburug’lar qo’zg’atadi. Ular nafaqat teriga, balki soch, qosh, soqol- mo’ylov, ba’zan tirnoqqa ham zarar yetkazadi. Qirma temiratkini qo’zg’atuvchi zamburug’larning ikki turi faqat odamda parazitlik qiladi va bu zamburut qo’zg’atadigan kasallik juda yuqumli bo’lib, ko’pincha bolalarda uchraydi. Qirma temiratki bemor bilan muloqotda bo’lganda uning buyumlaridan yuqadi. Zamburuglarning boshqa Guri mushuk, ot va boshqa mo’ynali hayvonlar terisi va mo’ynasida parazitlik qiladi. Bunda Qirma temiratki kasal hayvonlarni parvarish qilganda yoki ularning yungidan zararlangan buyumlardan yuqadi, unda, asosap, silliq gsri va sochlar zararlanadi. Qirma temiratkida silliq teri yoki boshningsochli qismi qipiqlanib turadigan pushti rang mayda dog’lar bilan qoplanadi. Kasallangan joydagi sochlar sinib, kalta bo’lib qoladi (go’yo soch olinganga o’xshaydi). Bazan, yallig’lanish, qizarish, follikulitlar paydo bo’lib, kasallik manzarasi yiringli trixofitiyaga o’xshab ketadi. Kasallanish o’chog’i talaygipa bo’lgan bemorlar kasalxonada davolanadi. Asosan, antibiotiklar qo’llaniladi.