Qadimgi rivoyatlar va afsonalarda qirqquloqning guli ko’p tilga olinadi. Ularda aytilishicha, qirqquloq har yili bir marta, ya’ni 24 iyunga o’tar kechasi, cho’qintiruvchi Ioann tug’ilgan kun gullar emish. Qirqquloq gulini topib olgan kishi baxtli va boy-badavlat bo’lar emish. Boshqa bir rivoyatda aytilishicha, qirqquloq gullagan yerda dafina bo’lar emish. Haqiqatan ham qirqquloq gullaydimi? Ma’lum bo’lishicha, u faqat ertaklarda gullar ekan. Tabiatan qirqquloq gullamaydi, urug’ ham hosil qilmaydi, aksincha, tirik tug’uvchilar deb ataladigan turlarning yaproqlarida hosil bo’ladigan kurtaklar hamda o’qildizlarning bo’linishi natijasida va sporalar yordamida ko’payadi. Sporalar o’simlik va zamburug’larning ko’payish va tarqalishga xizmat qiladigan maxsus hujayralaridir. Nam yerga tushgan sporalar unib chiqadi va urug’langandan so’ng yangi o’simlikka aylanadi. Qirqquloq sporalar yordamida ko’payadigan o’simliklar orasida keng tarqalgandir. Uning 11 000 ga yaqin turi bor. Ular butun yer shariga tarqalgan, ammo aksariyati namlikni xush ko’rgani uchun tropiklarning tog’li o’rmonlarida o’sadi.

Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

Nimaga yong‘in yuqoriga qarab tarqaladi?

Nimaga suv qaynaganda bug‘ hosil bo‘ladi?

Nimaga 1-yanvar Yangi yil bayrami?

Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?

Nimaga triatlon musobaqalarida turli sport turlari birlashtiriladi?

Nimaga Badminton to’pi yengilroq?

Abxala

“Abulmuslimnoma”
