Qishki Olimpiada
Qishki Olimpiada, qishki Olimpiada o’yinlari — sportning qishki turlari bo’yicha jahon miqyosida o’tkazilaligan turkum musobaqalar. 1924 yildan xalqaro Olimpiada qo’mitasi tomonidan har 4 yilda o’tkaziladi (1940, 1944 yillarda o’tkazilmagan). 1908 va 1920 yillarda muz ustida figurali uchish, 1920 yilda shaybali xokkey Olimpiada o’iinlari dasturiga kiritilgan. Qishki Olimpiadada biatlon. bobsley. kyorling, konkida uchish (500 metrdan 10000 metrgacha poyga. Muz ustida figurali uchish), chana sporti. Chang’i sporti, shaybali xokkey bo’yicha musobaqalar uyushtiriladi. Qishki Olimpiada o’tkazilgan yillar va joylar: I Olimpiada o’yinlari — 1924, Shamoni (Frantsiya); II va V — 1928 va 1948, Sankt-Moris (Shveytsariya); III va XIII – 1932 va 1980, Leyk-Plesid (AQSh); IV – 1936, Garmish-partenkirxen (Germaniya); VI — 1952, Oslo (Norvegiya); VII — 1956, Kortina D’Ampesso (Italiya); VIII — 1960, Skvo-Velli (AQSh); IX va XII – 1964 va 1976, Insbruk (Avstriya); X — 1968, Grenobl (Frantsiya); XI — 1972, Sapporo (Yaponiya); XIV – 1984, Saraevo (Yugoslaviya); XV — 1988, Kalgari (Kanada); XVI— 1992, Albervil (Frantsiya); XVII — 1994, Lillexammer (Norvegiya); XVIII – 1998, Nagano (Yaponiya); XIX — 2002, Solt-Leyk-Siti (AQSh). O’zbekiston sportchilari Qishki Olimpiadalarda 1994 yildan ishtirok etib keladi. Lina Cheryazova, Sergey Brener (fristayl), Tatyana Malinina (muz ustida figurali uchish), Komil va Elmira Urumboyevlar (chang’i sporti) kabi sportchilar Qishki Olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashgan.