Qisqichbaqasimon tumanlik

Qisqichbaqasimon tumanlik — Savr yulduz turkumidagi N00 1952 tumanligi. 1054 yilda Arab, Xitoy va yapon olimlari kuzatishgan. O’ta yangi yulduzlar chaqnashi natijasida vujudga kelgan; ungacha bo’lgan masofa 1700 parsek. To’la nurlanish energiyasi 1018 erg-s~’. Qisqichbaqasimon tumanlikda ancha tartiblangan va kuchlanishi 10~3 Ersted magnit maydoni mavjud; unda tolasimon qobiq va amorf ipsimon strukturalardan iborat ichki qism farqlanadi. Qobiqdagi temperatura 17000° K. Qobiqning nurlanish spektri oldiy gaz tumanliklariga o’xshash bo’lib, ichki qismining nurlanishi radioto’lqinlar, ko’zga ko’rinadigan, ultrabinafsha va rentgen to’lqinlarda kuzatiladi. Bu qismning ipsimon strukturalari relyativistik (energiyalari 10′ erg dan ziyod) elektronlar oqimlaridan iborat. Bunday yuqori energiyalar manbai Qisqichbaqasimon tumanlik markaziga yaqin joylashgan o’ta yangi yulduzning qoldig’i bo’lgan neytron yulduz bo’lib, bu yulduz davri 0,033 sekundga teng 1ur 0532 nomerli pulsardir. Qisqichbaqasimon tumanlik unga nisbatan radial yo’nalishda kengaymoqda.