Qissaxon

Qissaxon — afsona, rivoyat va dostonlarni ifodali qilib aytish yoki badiiy o’qish mahoratiga ega bo’lgan professional ijrochi. Qissaxonlar turli yiginlarda yoki maxsus uyushtirilgan qissaxonlik kechalarida xalq dostonlarini, qiziqarli tarjima hikoyalarni, mumtoz adabiyot namunalarining «folklorlashtirilgan» variantlari va har xil jangnomalarni yoddan yoki matn asosida o’ziga xos ohangda o’qiganlar. Qissaxon repertuari janr va g’oyaviy-tematik jihatdan rang-barang bo’lgan.