Qizil tuproqlar
Qizil tuproqlar — nam subtropik iqlimli keng bargli o’rmon va qisman tropik savannalarda shakllanadigan tuproq tipi. Ularda temir va alyuminiy oksidlari ko’p, kremnezyom va asoslar esa kam bo’ladi. Qizil tuproqlarning ona jinsi ellyuviy, delyuviy va prolyuviy jinslardan iborat. Issiq va nam iqlim tog’jinslarining intensiv nurashiga, alyuminiy silikatlarining erishiga sabab bo’ladi. Chirindiga boy (4,5— 12%). Temir oksidlari Qizil tuproqlarga qizg’ish va sarg’ish tus beradi. Reaktsiyasi kilotali yoki kuchsiz kislotali (rn 5,0—5,7), mexanik tarkibi og’ir qumoq yoki loyli. Qizil tuproqlar Kaspiy dengizi bo’ylaridagi Janubiy g’arbiy va qora dengiz bo’ylaridagi Sharqiy terrasalarda, Xitoyning Markaziy va Janubiy Sharqiy rayonlarida, Yevropa mamlakatlarida va boshqalar joylarda tarqalgan. O’zbekistonda qoldiq va qoyatoshli tog’lar yon bag’irlarida, tog’larga yaqin adirlarda uchraydi («Qizilkesak» olinadi). Qizil tuproqlarda choy, tamaki, tok, tsitrus ekinlari va boshqalar o’stiriladi.