Qizilirmoq

Qizilirmoq (qadimgi nomi galis). Turkiyaning shimoliy qismidagi daryo, Qizildog’ tog’laridan boshlanadi va Anadolu yassitog’ligi hamda Pontiya tog’larini kesib o’tib, qora dengizga Delta hosil qilib quyiladi. Uzunligi 1151 kilometr, havzasining maydoni 77,1 ming km2. Bahorda sersuv, yozda suvi kamayadi. O’rtacha suv sarfi 170 m3/sek. Suvidan sug’orishda foydalaniladi. O’rta oqimida Xirfanli gidrouzeli (GES, uzunligi 75 kilometrli suv ombori) qurilgan. Daryo vodiysida Sivas, Bafra shahrilari joylashgan.