Qiziriqdara cho’li

Qiziriqdara cho’li – Surxondaryo viloyatining Janubiy-g’arbiy qismida joylashgan yassi tekislik. Surxon —Sherobod vodiysida. Janubda Sherobod cho’li bilan tutash. Zamini 25 metr chuqurlikkacha qumloq, uning tagida gil va qum aralashmasidan iborat qatlam yotadi. Sizot suvlari shimolda 40 metr, Janubda 5 metr chuqurlikda joylashgan, kimyoviy tarkibiga ko’ra, sulfat-xlorid — natriyli yoki magniyli. Minerallashish darajasi markaziy qismida 1 l suvda 5-10 gradus, g’arbi va sharqida 10-25 gradus. Qiziriqdara cho’lida, asosan, o’rta va kuchli darajada sho’rlangan taqirsimon tuproqlar tarqalgan. Cho’lda efemeroid va sho’radoshlar, sho’rlangan erlarda seta ko’proq uchraydi. Dasht yaylov sifatida foydalaniladi. Qiziriqdara cho’li sug’orish uchun ancha qulay.