Qobulov Jabbor Tillayevich

Qobulov Jabbor Tillayevich (1911-Samarqand — 1995) — botanik olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975), biologiya fanlari Doktori (1971), professor (1972). O’zDUni tugatgach (1937), Buxoro pedagogika institutida o’qituvchi (1937-40), O’zDU aspiranti (1940-41, 1945-48), urush yillarida o’rta maktab direktori (1941 — 44), universitet botanika kafedrasida katta o’qituvchi (1948-53), dotsent (1953— 60), 1960 yildan yuksak o’simliklar kafedrasi, 1986 yildan o’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari shumg’iyadoshlar biologiyasini o’rganishga oid. As: begona o’tlar va ularga qarshi kurash choralari, T., 1976; O’rta Osiyo shumg’iyadrshlari, T., 1978; shumgiya va hrsi.1, T, 1981.