Qodirov Ayub
Qodirov Ayub (1918.10.5, Buxoro — 1981, Toshkent) — sozanda (nay), O’zbekiston xalq artisti (1970). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). O’zbek davlat filarmoniyasida xalq cholg’u orkestri (1936-38, 1950-56, 1968- 74), Tamaraxonim ansambli (1938-46) D; sozanda, «shodlik» ansamblida musiqa rahbari (1956-57, 1966-68), Toshkent musiqa bilim yurtida pedagog (1978 yildan). Ijro uslubi mukammal texnikasi, asar mazmunini chuqur his qilishi, nay ifoda vositalaridan keng foydalanishi, ijro erkinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan «Farg’onacha», «Subhidam», «Cho’li Iroq», «Chaman Yalla», «Segoh», «qaytarma», «tong oromi», «Chorgoh» kabi xalq va mumtoz kuylar o’rin olgan. Osiyo va Yevropa mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. Ad.: Olimboeva K. va boshqalar, O’zbekiston xalqsozandalari, 2-kitob, T., 1974.