Qodirov Ochil

Qodirov Ochil (1910 – Samarqand viloyati Qo’shrabod tumani Sebiston qishlog’i — 1945) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1941 yildan frontda. 1348-o’qchi polki (1-Belorussiya fronti 48-armiyaning 399-o’qchi diviziyasi) pulemyotchisi. Polshaning Rujan shahri yaqinidagi jangda jasorat ko’rsatgan va shunda og’ir yaralangan. Armiya safidan bo’shatilgan. Vafotidan so’ng qahramon unvoni berilgan (1945.24.3). O’zi tug’ilgan jamoa xo’jaligida byusti o’rnatilgan va o’rta maktabga nomi berilgan.