Qoloqsoy, Kolaksais

Qoloqsoy, Kolaksais — skiflar bobokaloni Targ’itoysh kenja o’g’li. Gerodotning yozishicha, Qoloqsoydan skiflarning paralatlar qabilasi tarqalgan. Bu qabila podsho-skiflar qavmidan bo’lgan. Rivoyatlarga ko’ra, bu davrda skiflar eriga osmondan oltin buyumlar: omoch, bo’yinturuq, oybolta va qadah tushgan. Akalari Lipoqsoy va Arpoqsoy ularga yaqinlasha olmagach, Qoloqsoy bu buyumlarni yerdan ko’tarib olishga va o’z uyiga olib kirishga muvaffaq bo’ladi. Qoloqsoy oltin buyumlarga ega bo’lgach, skiflar podshosi etib saylangan. Bu buyumlarni skif podsholari nihoyatda ehtiyot qilib saqlaganlar. Har yili ularga atab qurbonlik qilishgan. Qoloqsoy skiflar mamlakatini uchta podsholikka bo’lib, 3 o’g’liga taqsimlab bergan. Oltin buyumlar eng katta podsholikda asralgan.