Qon gruppalari
Qon gruppalari – qonning im munogenetik xususiyatlari, bunda 1 qon gruppasiga ega bo’lgan individ qon gruppasi boshqacha individdan eritrositlar, leykositlar, qon plazmasi, ko’pchilik to’qimalar va biologik suyuqliklarda ma’lum xil antigenlar bor yoki yo’qligi bilan ajralib turadi. Qon gruppalari qonning nasldan-naslga o’tadigan belgilari bo’lib, u gemagglyutinatsiya (eritrositlarning yopishishi) reaktsiyasi yordamida aniqlanadi. Ana shu belgilar asosida barcha odamlar qoni (irqi, yoshi va jinsidan qat’i nazar) fuppalarga bo’linadi. Odam qonining u yoki bu qon gruppasiga mansubligi uning individual biologik xususiyati bo’lib (ona qornidagi rivojlanish davridayoq shakllana boshlaydi), keyingi butun hayoti davomida o’zgarmaydi. Eritroiitlar (qizil qon hujayralari) tarkibidagi izoantigenlar — izoantigen A va izoantigen V, shuningdek, normada ba’zi odamlarning qon zardobida bo’ladigan izoantitelalar — izoantitela a va izoantitela (3 ko’p amaliy ahamiyatga ega omillar hisoblanadi. Odam qonida faqat turli xil izoantigenlar va izoantitelalar (masalan, A+r va V + a) bo’ladi, chunki bir xil belgidagi izoantigenlar va izoantitelalar uchrashsa (masalan, A va a) eritropitlar bir-biriga yopishib, odamni o’limga olib keladi. Odam qonida A va V izoantigenlar, shuningdek, a va r izoantitelalar bo’lishiga qarab ularni shartli ravishda harflar hamda raqamlar bilan ifodalab, 4 gruppaga bo’lish mumkin. 0A(3(1) faqat, a, r izoantitelalari bor qon gruppasi; A(3(P) — tarkibida A izoantigeni va r izoantitelasi bor qon gruppasi; va(Sh) — tarkibida V izoantigeni va a izoantitelasi bor qon gruppasi; AV0(1U) — tarkibida faqat A va V izoantigenlari bor qon gruppasi. Qon gruppalari haqidagi ta’limot 19-asr oxirida yuzaga kelgan, u umumiy immunologiyaning muhim qismi. Qon gruppalarini o’rganish izoantigen A ning bir xil belgiga ega emasligini ko’rsatdi. Izoantigen V izoantigen A ga nisbatan ko’proq bir xil belgiligi bilan farq qiladi. Undan tashqari, ba’zi odamlar eritrositida N va 0 kabi spesifik (maxsus) antigenlar topildi. AVO sistemasida o’z mohiyatiga ko’ra, izoantigenlardan so’ng tibbiyot amaliyotida Qon gruppalarining K sistemasi (Keziz — rezus) rezus-faktor ikkinchi o’rinda turadi, u Qon gruppalarining eng murakkab sistemalaridan bo’lib, 20 dan ortiq izoantigendan tashkil topgan. 85% odamlar eritrositlarida K sistema antigeni — K-faktor mavjudligi, 15% odamlarda uning bo’lmasligi aniqlangan. Ana shu faktorning bor yo yo’qligiga qarab odamlar shartli ravishda — rezus-musbat va rezus-manfiyli deb ajratiladi. Qonida K-faktori bo’lmagan ona organizmida rivojlanayotgan qomilaga rezus-faktori musbat otadan o’tgan antigen ta’sirida unga qarshi antitelalar hosil bo’ladi, bu antitelalar, o’z navbatida, xrmila eritrositlariga ta’sir etib, ularning gemolizi (erishi)ga sabab bo’ladi, bu gemolitik anemiya ko’rinishida namoyon bo’ladi, ba’zan o’limga olib keladigan rezus-konflikt (ziddiyat) kelib chiqadi. Qoni rezus-manfiy odamlarga rezus- musbat qon qayta quyilganda ham shunday holat kuzatilishi mumkin. Eritrositlardagi izoantigenlardan tashqari, qonning boshqa tarkibiy elementlarida ham faqat ularga xos izoantigenlar borligi aniqlandi, bu leykotsitlarning 40 dan ortiq antigenlarini birlashtiruvchi leykositar gruppalar mavjudligini ko’rsatdi. Odam qonining boshqa sistemalariga oid izoantigenlar AVO va K sistemalariga qaraganda kamroq amaliy ahamiyatga ega bo’lsa-da, sud tibbiyoti, genetika, antropologiya sohalari uchun ahamiyati katta. Qon gruppalariga xos belgilar irsiy faktorlar bilan belgilanadi, ya’ni bolalar qonining antigen xususiyatlari ota-onaning qon gruppasiga bog’liq. Bu sud tibbiyotida bolaning ota-onasini aniqlab berish masalalarini hal qilishga imkon beradi. Qon gruppalari standart zardoblar yordamida eritrositlardagi izoantigenlarni topish yo’li bilan aniqlanadi. Qon gruppalari sistemasini aniqlash ko’proq amaliy ahamiyatga ega. Qon quyishni Qon gruppalarining bir-biriga mos kelishi e’tiborga olinadi. Hayvonlar qoni, qaysi gruppada bo’lishidan qati nazar, odam qoniga to’g’ri kelmaydi.