Qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar

Qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar, infuzion vositalar — davolash maqsadida qon yoki plazma o’rniga ishlatiladigan vositalar; shok holatida, ko’p qon yo’qotganda, kamqonlik, yiringli septik kasalliklarda, kuyganda va boshqalarda qo’llaniladi. Ta’sir etishiga ko’ra gemodinamik (shokka qarshi), dezintoksikasion va parenteral Qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar ajratiladi. Shokka qarshi preparatlarga dekstran asosidagi o’rta molekulali poliglyukin, polifer, poliglyusol, makrodeks, intradeks, dekstran, plazmodeks, xemodeks va boshqalar, shuningdek, quyi molekulali reopoliglyukin, reoglyuman, reomakrodeks, lomodeks, dekstran-40, gemodeks; jelatina preparatlari — jelatinol, gemojel, jelofuzin, plazmojel; gidrooksietil- kraxmal asosidagi preparatlar — oksiamal, volekam, plazmosteril, voleks, 6—xes; polietilen glikol asosidagi polioksidinlar ishlatiladi. Dezintoksikatsion (organizmni zaharli moddalardan tozalovchi preparatlar) ta’sir etuvchilarga quyi molekulali polivi- Nilpirrolidon asosidagi preparatlar, asosan, gemodez, neogemodez, periston-N, subtozan, plazmozan, komidon va hokazolar kiradi. Ular har xil zaharli moddalar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi va siydik orqali organizmdan chiqib ketadi. Parenteral ovqatlantirishda (ovqat sifatida) oqsil mahsulotlari (plazma, albumin), shuningdek, oqsil gidrolizatlari (kazein gidrolizati, gidrolizin, aminopeptid, fibrinosol va boshqalar) qo’llaniladi. Yog’li emulsiyalar (infuzolipol, intralipid, lipifizian, lipofundin, lipozin, infonutrol, fatgen) ham parenteral ovqatlantirish va orga- nizmning quvvatini oshirish uchun ishlatiladi. Kompleks ta’sir ko’rsatuvchi, shuningdek, kislorod tashish faoliyatiga ega, suv-tuz hamda kislota-ishqor muvozanatini boshqaruvchi Qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar ham mavjud.