Qon yaratilishi stimulyatorlari

Qon yaratilishi stimulyatorlari — qon yaratilishini kuchaytiruvchi dori moddalari guruhi. Qon yaratilishi stimulyatorlarining kimyoviy tarkibi va ta’sir mexanizmi turlicha bo’lib, eritrositlar (eritropoez) yoki leykositlar yaratilishi (leykopoez) ni kuchaytiradi. Ba’zi vitaminlar — folat kislotasi, tsianokobalamin, piridoksin, nuklein k-talari sintezini tezlashtiruvchi — pentoksil, metilurapil, natriy nukleinat va leykogen; steroid gormonlar — glyukokortikoidlar, androgen preparatlar, litiy tuzlari Qon yaratilishi stimulyatorlari hisoblanadi. Buyrakda ishlab chiqariladigan eritropoetin gormoni qizil qon tanachalari yaratilishini, shuningdek, leykopoetin leykositlar hosil bo’lishini, trombopoetin moddasi trombositlar yaratilishini faollashtiradi. Hozirgi chuqur leykopeniya va trombositopeniya holatlarini davolash uchun g-KSF (granulositar koloniya stimullovchi faktor) — neypogen, GM-KSF (granulositmonositar koloniya stimullovchi faktor) deb atalgan preparatlar qo’llanilmoqda.