Qo’ng’ir suvo’tlar

Qo’ng’ir suvo’tlar -ko’p hujayrali suvo’tlar bo’limi. Kattaligi va shakli har xil. 240 turkumi (1500 turi)bor, shundan 3 tasi chuchuk suvlarda, qolg’anlari dengizlarda tarqalgan. Xromatoforasida xlorofill a va s karotin, ksantofill, ayniqsa jigarrang fukoksantin ko’p bo’lgani uchun rangi qo’ng’ir va qoramtir. Yuksak Qo’ng’ir suvo’tlar (masalan, laminariyasimon suvo’tlar) o’tkazuvchi va differentsiasiyalashgan to’qimalarga ega. Hujayra devorida algin kislota va fukoidin bor, sirtdan pektin va shilimshiq modda bilan qoplangan. Protoplastida bitta yadro va pirenoidsiz xromatofori bor. Ba’zilarida pirenoid bo’ladi. Jinsiy va jinssiz, ba’zan vegetativ ko’payadi. Zoosporasi va gametalari ikki xivchinli. Yuksak Qo’ng’ir suvo’tlarda sporofit va gametofit gallanadi. Ko’payish organlari bir uyali yoki ko’p uyali sporangiy. Jinsiy jarayoni izogamiya, Geterogamiya va oogamiya. Qo’ng’ir suvo’tlar barcha dengizlarda, ayniqsa, sovuq dengizlarda katta o’tzorlar hosil qiladi. Ulardan algin kislota, uning’tuzlari, yem uni va ba’zi dorivor moddalar olinadi. Ayrim Qo’ng’ir suvo’tlar iste’mol qilinadi.